Normamatova dildora


Download 113.68 Kb.
bet5/47
Sana03.02.2023
Hajmi113.68 Kb.
#1150320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI

TOVUSHLARNING UCH TOMONI
Tovushlarning quyidagicha uch tomoni mavjud:
1) AKUSTIK TOMONI.
2) FIZIOLOGIK TOMONI.
3) LINGVISTIK TOMONI.

  • Tovushlarning FIZIOLOGIK jihati so'ralganida undoshlar tasnifining ikki jihatini: HOSIL BO'LISH USULIGA KO'RA UNDOSHLAR TASNIFINI va HOSIL BO'LISH O'RNIGA KO'RA UNDOSHLAR TASNIFINI baravar keltirish kifoya.

Masalan: "S" undoshining fiziologik xususiyati TIL OLDI, SIRG'ALUVCHI ekanligidir. "P" undoshining fiziologik xususiyati LAB-LAB, PORTLOVCHI ekanligidir. "H" undoshining fiziologik xususiyati BO'G'IZ UNDOSHI va SIRG'ALUVCHI ekanligidir.
ESLATMA: Tovushlarning fiziologik xususiyati ARTIKULYATSION jihad hamda TOVUSHLARNING TALAFFUZ JIHATI deb ham yuritilaveradi.

  • Tovushlarning AKUSTIK jihati so'ralganida yuqorida undoshlar tasnifida o'rganilgan "OVOZ VA SHOVQINNING ISHTIROKIGA KO'RA UNDOSHLAR TASNIFI"ni keltirish kifoya.

Masalan: "K" undoshining akustik xususiyati jarangsiz va shovqili ekanligidir. "M" undoshining akustik xususiyati jarangli va sonor ekanligidir. "Y" undoshining akustik xususiyati jarangli va shovqinli ekanligidir.
ESLATMA: Tovushlarning akustik tomoni FIZIK tomon deb ham yuritilaveradi.

  • Tovushlarning LINGVISTIK jihati so'ralgpanida bir tovushning boshqa yondosh tovushlar bilan birga biror so'zni (q+o+t+i+l) hosil qilishi va ushbu so'zining ma'nosini boshqa so'zning ma'nosi(qobil)dan FARQLASHI nazrda tutiladi, shuning uchun tovushlarning LINGVISTIK tomoni "vazifaviy tomon" hamda "ma'no farqlash tomoni" deb ham yuritilaveradi. Yuqorida qavs ichida berilgan QOTIL va QOBIL so'zlarida ikkita tovushning(T va B tovushlarining) LINGVISTIK jihati namoyon bo'lgan. Misollarni ko'paytiraman: Tog'ora -- Nog'ora, kEtmoq -- kUtmoq, Nafas Qafas, o'git o'g`it, Oyna O'yna, yaroQli -- yaroG'li va hokozo.......

ESLATMA: siz LINGVISTIK jihatga keltirgan misolingiz PARONIM bo'lishi shart emaaas, shuni unutmang. Qarang-a, yuqoridagilarning ayrimlari paronim, ayrimlari esa paronim emas.



Download 113.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling