6-ma’ruza grafika reja


Download 0.54 Mb.
bet1/6
Sana04.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1324098
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-Mavzu


6-MA’RUZA
GRAFIKA
REJA:
1. Grafika haqida umumiy ma’lumot.
2. Grafemalar va ularning turlari.
3. Yozuv haqida umumiy ma’lumot
4. Yozuvning turlari .
5. O`zbek yozuvi tarixidan.


Grafika (grekcha graphoyozmoq degani) tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, unda fonetik-fonologik, leksik va morfologik birliklarni ifodalash uchun qo`llanadigan optik-grafik (ingl. opticqaraydigan, ko`radigan degani1) belgilar haqida so`z yuritiladi. Bu belgilar grafema deb ataladi. Masalan, fonetik birlik bo`lgan fonemani ifodalash uchun harflardan (a fonemasi uchun a grafemasi olingan va h.), leksik birlik bo`lgan leksemalarni farqlash uchun tutuq belgisidan (sher – hayvon, sher – adabiy atama, janr turi), morfoloik birlik bo`lgan morfemani ifodalash uchun raqamdan (son turkumiga mansub “olti” so`zini ifodalash uchun “6” raqami olingan) foydalaniladi.
Grafemalar quyidagi guruhlarga bo`linadi:
1. Harflarga asoslangan grafemalar tilda mavjud bo`lgan fonetik-fonologik birliklarniifodalovchi grafemalardir. Masalan, nodir so`zidagi beshta fonemani ifodalash uchun beshta grafema [n], [o], [d], [i], [r] ishlatiladi. Bunday grafemalar tarkibiga ko`ra bir necha guruhlarga ajraladi. Lotin yozuviga asoslangan yangi o`zbek grafikasidagi grafemalar tarkiban ikki guruhga bo`linadi: 1) monografemalar bir harfdan iborat bo`ladi: a, b, d…2) digraflar ikki harf qo`shilmasidan iborat: ng, ch, sh.
2. Tinish belgilariga asoslangan grafemalar nutqning mazmuniy tomonini yozuvda ifodalash uchun qo`llanadigan belgilardir. Bu belgilar quyidagi vazifalarni bajarishga mo`ljallangan:
1) muloqot jarayonini yozuvda to`g`ri aks ettiradi: Bahor! (his-hayajon); Bahor? (so`roq).
2) gaplarni tarkib jihatidan farqlashga xizmat qiladi: Karimjon (ega) bugun ham kelmadimi? Karimjon (undalma), bugun ham kelmadimi?
3) uslubiy qulaylikka xizmat qiladi: “Toshkentdan Nukusga qatnaydigan poyezd keldi” deyish o`rniga “Toshkent - Nukus” poyezdi keldi” deb yozilsa, tire tufayli usluban qulay, ixcham bo`ladi.
4) yozma nutqdagi murakkab fikriy munosabatlarni ifodalashga xizmat qiladi: Agronom? Nima?! - Nosirov shunaqangi qattiq baqirdiki, nazarimda olis-olislardagi tog'lar ham larzaga kelib silkingandek bo'ldi.(X.To`xtaboyev) So`roq va undov belgilarining birga qo`llanishi shu so`z orqali ham so`roq, ham taajjublanish, ham hayajon ifodalanganini aks ettirgan.
Shuni aytish joizki, “Grafika” bo`limida tinish belgilari faqat grafemalar sifatida tasnif qilinadi, ularning qo`llanish o`rinlari “Punktuatsiya” bo`limida o`rganiladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling