Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
40
O‘n sakkizinchi gunohi kabira 
AYOLLARNING ERKAKLARGA, ERKAKLARNING AYOLLARGA O‘XSHASHLARI 
Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollarga 
taqlid qiluvchi erkaklarni va erkaklarga taqlid qiluvchi ayollarni la’natladilar» (Buxoriy, 
Abu Dovud rivoyati). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayolsifat erkaklarni va erkakshoda ayollarni 
la’natlaganlar» (Buxoriy rivoyati). 
Kiyinish va gapirishda erkaklarga o‘xshaydigan ayollarga erkakshoda ayollar deyiladi. Bir 
rivoyatda: «Alloh erkakshoda ayollarni la’natladi», deyilgan. 
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollar 
kiyimini kiyadigan erkakni va erkaklar kiyimini kiyadigan ayolni la’natladilar» (Abu 
Dovud, Nasoiy, Hokim). 
Agar ayol kishi erkaklarga xos bo‘lgan liboslarni kiysa, u o‘zini erkaklarga o‘xshatgan 
hisoblanadi va Alloh va Rasulining la’natiga duchor bo‘ladi. Eri ham agar uning shunday 
yurishiga imkon bersa (ya’ni, rozi bo‘lsa va uni qaytarmasa) mal’undir (la’natlangandir). 
Chunki u ayolini Allohga itoat etishga undashi va gunoh ishlardan qaytarishi lozim. Zero, 
Alloh taolo aytganki: 
«Ey mo‘minlar, sizlar o‘zlaringizni va ahli-oilalaringizni do‘zaxdan saqlangizki, 
uning o‘tini odamlar va toshlardir» (Tahrim surasi, 6). 
Ya’ni, ularga odob va ta’lim bering, Allohga itoat etishga buyurib, gunoh ishlardan 
qaytaring, o‘zingizga ham xuddi shunday munosabatda bo‘ling, deyilmoqda. 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Har biringiz nozir va o‘z ra’iyatiga 
mas’uldir. Erkak kishi o‘z ahli oilasiga nozir va qo‘l ostidagilarga mas’uldir» (Muttafaqun 
alayh). 
Abu Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: «Erkaklar ayollarga itoat etgan vaqtlarida halok bo‘ldilar» (Hokim rivoyati). 
Hasan roziyallohu anhu aytganlar: «Allohga qasamki, kishi xotiniga uning havoyi nafsi 
tilagan narsalarda itoat etsa, Alloh taolo uni do‘zaxga uloqtiradi». 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Men ko‘rmagan ikki toifa borki, ular 
do‘zax ahlidandir: Sigir dumiga o‘xshash qamchilari bo‘lib, u bilan odamlarni uradigan 
toifa hamda kiyim kiygan yalong‘och, yo‘ldan uruvchi, yo‘ldan ozgan ayollar. Ularning 
boshlari tuyaning o‘rkachi kabi. Ular jannatga kirmaydilar, uning hidini ham topmaydilar. 
Holbuki, uning hidi muncha-muncha yo‘llik masofadan kelib turadi» (Muslim rivoyati). 
Kiyim kiygan – Allohning ne’matlariga musharraf bo‘lgan, lekin yalong‘och – Unga shukr 
qilmaydigan ayollar yoki badanining shakli va rangi bilinib turadigan darajada yupqa va 
tor kiyadigan ayollar, deganidir. 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling