Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu: «Masjid qo‘shnisi faqatgina masjidda namoz o‘qish 
lozim», dedilar. «Masjid qo‘shnisi kim?» deb so‘rashgan edi, «Azonni eshitadigan kishi», 
deya javob berdilar. 
Yana u zot roziyallohu anhudan naql qilinadi: «Kimki azonni eshitsa va biron bir uzrsiz 
unga kelmasa, uning namozi boshidan nariga ko‘tarilmaydi». 
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytganlar: «Kimki ertaga Allohga musulmon 
bo‘lgan holda yo‘liqishni xohlasa, namozlarni azon aytilgan yerda muhofaza qilsin. Zero, 
Alloh taolo Payg‘ambaringiz sollallohu alayhi vasallamga hidoyat yo‘llarini belgilab berdi. 
Ular (ya’ni, namozlar) hidoyat yo‘llaridandir. Agar sizlar jamoatdan orqada qoluvchi 
kimsaga o‘xshab, uyingizda namoz o‘qisangiz, Payg‘ambaringiz yo‘lini tark etgan 
bo‘lasiz. Agar Payg‘ambaringiz yo‘lini tark etsangiz, zalolatga yuz tutasiz. Darhaqiqat, 
men (ilgari) jamoat namozidan faqat munofiqligi ma’lum kimsagina orqada qolganiga 
guvoh bo‘lganman. Bir kishini olib kelishardi-da, safda turishi uchun ikki kishi orasiga 
turg‘izib qo‘yishardi» (Muslim rivoyati). 
Ya’ni, u zaifligidan o‘zini tutolmas va ularga suyanib turardi. U bu ishni jamoat fazilatiga 
ishtiyoqli bo‘lgani va uni tark etsa, gunohkor bo‘lib qolishdan qo‘rqqani uchun qilardi. 
Ibn Munzir aytganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir qancha sahobalari: 
«Kimda-kim azonni eshitib, hech bir uzrsiz unga javob bermasa, uning namozi namoz 
emas», deganlari rivoyat qilingan». Ibn Mas’ud va Abu Muso Ash’ariylar shular 
jumlasidandir. 
Ato, Ahmad ibn Hanbal va Abu Savrlar jamoatga hozir bo‘lishni farz deb bilishgan. 
Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh: «Jamoat namoziga qodir kishi uchun biron-bir uzrsiz 
uni tark etishiga ruxsat bermayman», deganlar. 
Ibn Ummu Maktum roziyallohu anhu hadisini zikr qilgandan keyin Xitobiy shunday 
degan: «Bu hadisda jamoat namoziga hozir bo‘lish vojibligiga hujjat bor. Agar u mandub 
(mustahab) bo‘lganida edi, undan qolishga Ibn Ummu Maktumga o‘xshagan kishilar, zaif 
va nochor odamlar haqli bo‘lishardi». 
Ato ibn Abu Raboh aytar edilar: «Shaharu qishloqdagi Alloh maxluqotlaridan birontasi 
uchun ham, agar azonni eshitsa, namozni o‘qimaslikka ruxsat yo‘q». 
Avzoiy aytganlarki: «Juma va jamoatni tark etishga buyursa, ota-onaga ham itoat 
qilinmaydi». 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling