Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
mayyitning qabriga tushib qoldi va buni hech kim sezmadi. U qabrdan ketgach
hamyonini esladi va iziga qaytdi. Odamlar tarqab ketganlaridan keyin qabrni kavladi. Bir 
payt qarasa, unda olov alangalanib turibdi, darhol qaytadan ko‘mib ortiga qaytdi. Keyin 
onasining oldiga yig‘lab keldi-da: «Ey onajon, singlim nima ish qilardi, menga aytib 
bering», dedi. «Nima edi?» deb so‘ragan onasiga: «Uning qabrida olov ko‘rdim», deya 
javob berdi. Shunda onasi yig‘ladi va: «Ey o‘g‘lim, singling namozga beparvo edi va uni 
vaqtidan kechiktirib o‘qirdi», dedi. 
Namozni vaqtidan kechiktirib o‘qigan kishining holi shu bo‘lsa, umuman namoz 
o‘qimaydigan kimsaning ahvoli ne kechar ekan?! 
Alloh taolodan namozni vaqtida ado etishga yordam berishini so‘raymiz. Albatta, U 
saxiy, muruvvatli zotdir. 
Fasl 
Bola necha yoshdan namozga buyuriladi? 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Bolani yetti yoshga yetganida namozga 
buyuringlar. O‘n yashar bo‘lganida (namoz o‘qimasa) uringlar» (Abu Dovud, Termiziy 
rivoyati). 
Boshqa bir rivoyatda shunday deyiladi: «Farzandlaringizni yetti yashar bo‘lganlarida 
namozga buyuringlar. O‘n yashar bo‘lganlarida (namoz o‘qimasa) uringlar va yotoqlarini 
alohida-alohida qilinglar» (Abu Dovud rivoyati). 
Fasl 
Namozni chala o‘qiydigan, uning ruku’ va sajdalarini to‘liq qilmaydigan 
kimsaning uqubati 
«Bas, namozlarini «unutib qo‘yadigan» «namozxonlarga vayl bo‘lsin» oyatining tafsirida 
shunday deyilgan: «U namozni chala o‘qiydigan, ruku’ va sajdalarini to‘liq qilmaydigan 
kimsadir». 
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kishi masjidga kirib keldi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidning chekkasida o‘tirgan edilar. U kishi 
namoz o‘qidi-da, kelib u zotga salom berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: 
«Senga ham salom bo‘lsin, qaytib borib, namoz o‘qi, sen namoz o‘qiganing yo‘q», 
dedilar. U yana namoz o‘qidi-da, kelib salom berdi. «Senga ham salom bo‘lsin, qaytib 
borib boshqatdan o‘qi, sen namoz o‘qiganing yo‘q», dedilar. U namoz o‘qidi-da, kelib 
salom berdi. Nabiy: «Senga ham salom bo‘lsin, qaytib borib boshqatdan o‘qi, sen namoz 
o‘qiganing yo‘q», dedilar. Haligi kishi keyingi marotaba aytilganida: «Yo Rasululloh, 
menga o‘rgatib qo‘ying», dedi. «Agar namozga tursang, tahoratni mukammal ol. Qiblaga 
yuzlangach, takbir ayt va o‘zing bilgan Qur’on sura-oyatlarni o‘qi. Keyin to qanoat hosil 
qilguningcha ruku’da tur. So‘ngra to‘la tik bo‘lguningcha qaddingni rostla. So‘ng qanoat 
hosil etguningcha sajda qil. So‘ngra to‘la o‘tirguningcha qaddingni rostla. Keyin qanoat 
hosil etguningcha sajda qil. So‘ngra to‘la tik bo‘lguningcha qaddingni rostla. Xullas, 
butun namozingda shunday qil», dedilar» (Buxoriy va Muslim rivoyati). 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling