Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


NAMOZNI QASDDAN TARK ETISH


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

NAMOZNI QASDDAN TARK ETISH 
Alloh taolo aytadi: 
«Ey mo‘minlar, mol-dunyolaringiz va bola-chaqalaringiz sizlarni Allohning 
zikridan (ya’ni, Allohga ibodat qilishdan) yuz o‘girtirib qo‘ymasin! Kimki 
shunday qilsa, bas, ana o‘shalar ziyon ko‘rguvchi kimsalardir!» (Munofiqun 
surasi, 9). 
Mufassirlar aytganlarki, oyatdagi Allohning zikridan murod besh vaqt namozdir. Kimki 
namozni vaqtida o‘qishdan tijoratdagi, oldi-sotdidagi, kundalik hayotidagi mol-dunyosi 
yoki farzandlari sababli mashg‘ul bo‘lib qolsa, u ziyonkorlardandir. 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Bandaning qiyomat kunida birinchi 
hisob-kitob qilinadigan narsasi namozdir. Agar (namozi) durust bo‘lsa, boshqa amallari 
ham durust bo‘ladi. Bordi-yu, (namozi) yaroqsiz bo‘lsa, qolgan amallari ham yaroqsiz 
bo‘ladi» (Tabaroniy rivoyati). 
Alloh taolo do‘zax egalari haqida xabar qilib deydi: 
«(Ular do‘zax ahliga): «Sizlarni nima Saqarga kiritdi?» (deganlarida): Ular 
ayturlar: «Bizlar namoz o‘qiguvchilardan bo‘lmadik. Miskin-bechoraga taom 
berguvchi ham bo‘lmadik. Bizlar (botil-behuda so‘zlarga) sho‘ng‘uvchi kimsalar 
bilan birga sho‘ng‘ir edik (ya’ni, Qur’on va Payg‘ambar xususida tuhmat-
yolg‘onlar to‘qir edik). To bizlarga aniq (o‘lim) kelgunicha bizlar Jazo – 
Qiyomat kunini yolg‘on der edik». Endi qo‘llaguvchilarning qo‘llovi ularga foyda 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
bermas!» (Muddassir surasi, 42–48). 
«Sahihul Buxoriy»da rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday 
deganlar: «Kimki asr namozini tark etsa, uning amali aniq habata bo‘libdi (ya’ni, behuda 
ketibdi)». 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Namozni tark etmagin. Zero, kimki 
namozni qasddan tark etsa, darhaqiqat, undan Allohning zimmasi (himoyasi) soqit 
bo‘ladi» (Tabaroniy rivoyati). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Insonlarga qarshi ular to Allohdan o‘zga 
iloh yo‘q va Muhammad Allohning elchisidir, deb guvohlik bermagunlaricha, namozni 
qoim qilmagunlaricha va zakotni bermagunlaricha jang qilishga buyurildim. Agar shuni 
qilsalar, mendan qonlari-yu mollarini saqlagan bo‘ladilar. Biroq, islom haqi bundan 
muntasno. Ularning hisobi Allohga havola» (Muttafaqun alayh). 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki namozni muhofaza qilsa, qiyomat 
kunida u uchun (namozi) nur, hujjat va najot bo‘ladi. Kimda-kim uni muhofaza qilmasa, 
unga nur ham, hujjat ham, najot ham bo‘lmaydi va u qiyomat kunida Qorun, Fir’avn, 
Homon hamda Ubay ibn Xalaflar bilan birga bo‘ladi» (Imom Ahmad rivoyati). 
Ayrim ulamolar aytishlaricha, «Namozni tark etgan kimsa ana shu to‘rt mal’un bilan 
birga qayta tiriladi. Chunki uni namozdan yo molu davlati, yo mulk-saltanati, yo vazirlik-
mansabi va yo tijorati mashg‘ul qilgan. Kimki namozdan molu davlati sababli mashg‘ul 
bo‘lsa, u Qorun bilan birga tiriladi. 
Kimki namozdan mulk-saltanati sababli mashg‘ul bo‘lsa, u Fir’avn bilan birga tiriladi. 
Kimki namozdan vazirlik – mansabi sababli mashg‘ul bo‘lsa, u Homon bilan birga tiriladi. 
Kimki namozdan tijorati sababli mashg‘ul bo‘lsa, u Makkadagi kofirlarning tijoratchisi 
bilan birga tiriladi». 
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu jarohatlangan vaqtlarida: «Ey amiral mo‘minin, namoz 
(ya’ni, namozni o‘qib oling)», deyishdi. Shunda u zot roziyallohu anhu: «Ha, to‘g‘ri. 
Namozni zoe qilgan biron bir kishi uchun Islomda nasiba yo‘q», dedilar-da namozni 
o‘qidilar. Jarohatlaridan esa qon oqib turardi. 
Abdulloh ibn Shaqiq Tobi’iy roziyallohu anhu deydilar: «Muhammad sollallohu alayhi 
vasallamning sahobalari namozdan boshqa hech bir amalni tark etishni kufr deb 
hisoblamasdilar» (Termiziy rivoyati). 
Ibrohim Naxa’iy va Ayyub Sahtiyoniylar ham shu gapni aytishgan. Avn ibn Abdulloh 
deganlar: «Agar banda qabriga qo‘yilsa, birinchi bo‘lib so‘raladigani – namozdir. Agar 
namozi yaroqli topilsa, uning boshqa amallariga qaraladi. Bordi-yu, yaroqli deb 
bo‘lmasa, undan keyin boshqa biron amaliga qaralmaydi». 
Ibn Hazm: «Shirkdan keyin namozni vaqtidan kechiktirish va mo‘minni nohaq 
o‘ldirishdan ko‘ra ulkanroq gunoh yo‘q», deganlar. 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling