Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
Rivoyat qilinishicha, qiyomat kunida birinchi bo‘lib namozni tark etguvchilarning yuzlari 
qorayadi. Jahannamda «Lam-lam» nomli ilonlar darasi bo‘lib, har bir ilonning yo‘g‘onligi 
tuyaning bo‘ynidek, uzunligi bir oylik masofaga teng bo‘ladi. Ular namozni tark 
etguvchilarni chaqadilar. Uning zahari namozni tark etguvchining jismida yetmish yil 
qaynaydi-da, so‘ng uning go‘shtlari erib tushadi. 
Hikoyat 
Rivoyat qilinishicha, bani Isroillik bir ayol Muso alayhissalom huzurlariga kelib: «Ey 
Allohning elchisi, men ulkan gunoh qilib qo‘yib, so‘ng bu gunohimdan Alloh taologa 
tavba qildim. Allohdan tavbamni qabul qilib, gunohimni mag‘firat etishini so‘rab duo 
qiling», dedi. Muso alayhissalom undan: «Nima gunoh qilding?» deb so‘ragan edi, u: «Ey 
Allohning payg‘ambari, men zino qilib, bola tug‘dim-da, so‘ng uni o‘ldirdim», dedi. 
Shunda Muso unga: «Chiq bu yerdan, ey fojira! Yana kafosating tufayli osmondan olov 
tushib, bizni yondirib yubormasin», dedi. 
Ayol payg‘ambar huzuridan qalbi o‘ksigan holda chiqib ketdi. Jabroil alayhissalom 
tushib: «Ey Muso, Alloh taolo: «Nima uchun tavba qilgan ayolni qaytarib yubording? 
Undan ko‘ra yomonroq kimsa borligini bilmaysanmi?» deyapti», dedi. Muso 
alayhissalom: «Ey Jabroil, undan ham yomonroq kimsa kim?» deb so‘ragan edi, 
«Namozni qasddan tark etgan kishi», deb javob berdi. 
Fasl 
Alloh taolo namozni vaqtidan kechiktirib o‘qishdan ogohlantirib aytadi: 
«So‘ng, ularning ortidan namozni zoe qiladigan va shahvatlarga beriladigan 
kimsalar o‘rinbosar bo‘ldilar. Endi u (o‘rinbosarlar) albatta yomonlikka (ya’ni, 
yomon jazoga) yo‘liqurlar. Magar tavba qilib, iymon keltirgan va yaxshi amallar 
qilgan zotlargina (azobga duchor qilinmaslarlar). Bas, ular jannatga kirurlar va 
ularga biron zulm qilinmas» (Maryam surasi, 59–60). 
Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Namozni zoe qilgan degani, uni butunlay tark etgani 
degani emas, balki namozni o‘z vaqtidan kechiktirib o‘qigan deganidir», deganlar. 
Tobe’inlar imomi Said ibn Musayyab rahmatullohi alayh aytganlarki: «U to asr 
bo‘lmaguncha peshinni o‘qimaydi. Asrni shomgacha, shomni xuftongacha, xuftonni 
bomdodgacha, bomdodni to quyosh chiqquncha o‘qimaydi». 
Shu holatga odatlangan ko‘yi vafot etgan va tavba qilmagan kimsaga Alloh «g‘oyy» bilan 
tahdid soldi. Foyy – jahannamdagi juda chuqur, o‘ta badbo‘y vodiydir. 
Alloh taolo boshqa bir oyatda: 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling