Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Bas, namozlarini «unutib» qo‘yadigan kimsalar bo‘lgan «namozxon»larga


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

Bas, namozlarini «unutib» qo‘yadigan kimsalar bo‘lgan «namozxon»larga 
halokat bo‘lgayki», deydi (Mo’uvn surasi, 4–5). 
Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhudan namozlarini «unutib» qo‘yadigan kimsalar 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
haqida so‘raganlarida: «Vaqtini kechiktiradiganlar», deya javob berganlar. 
Ular «namozxon», deb nomlandi. Biroq namozga beparvoliklari va vaqtidan 
kechiktirganlari sababli ularga vayl bilan tahdid solindi. Vayl – shiddatli azobdir. Yana 
aytiladiki, Vayl jahannamdagi vodiy bo‘lib, agar unga dunyodagi tog‘lar tushirilsa, 
harorati yuqoriligidan toshlari erib ketardi. U namozga beparvo bo‘lgan va uni vaqtidan 
kechiktirib o‘qigan kimsalarning maskanidir. Faqat Allohga tavba qilib, ilgarigi 
e’tiborsizligiga nadomat chekkanlar bundan mustasno. 
Alloh taolo yana bir oyatda: 
«Ey iymon keltirganlar, mol-dunyolaringiz ham, farzandlaringiz ham sizlarni 
Allohning zikridan chalg‘itib qo‘ymasin. Kim shunday qilsa, bas, ana o‘shalar 
ziyon ko‘rguvchilardir», deydi (Munofiqun surasi, 9). 
Oisha roziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to Alloh jonlarini 
olgunicha, (biror marta) namozni oxirgi vaqtiga qadar kechiktirganlari yo‘q» (Hokim 
rivoyati). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eng afzal amal qaysi, deb so‘ralganlarida: «Eng 
afzal amal – namozni vaqtida o‘qish, ota-onaga yaxshi munosabatda bo‘lish va jihod», 
deya javob berganlar (Imom Ahmad rivoyati). 
Rivoyat qilinishicha, kimki namozni vaqtida o‘qisa, tahoratni mukammal olgan, qiyomi, 
xushu’si, ruku’ va sajdalarini komil qilgan bo‘lsa, namoz oppoq, nurafshon bo‘lib 
ko‘tariladi va: «Meni saqlaganingdek, Alloh ham seni saqlasin», deydi. 
Kimda-kim namozini vaqtidan boshqa paytda o‘qisa, tahoratni to‘liq olmasa, xushu’, 
ruku’ va sajdalarini komil qilmasa, namoz qop-qora, zulmatli bo‘lib ko‘tariladi va «Meni 
zoe qilganingdek, Alloh ham seni zoe qilsin», deydi. Hatto Alloh xohlagan joyga yetgach, 
xuddi eski kiyimga o‘xshab o‘raladi-da, uning yuziga uriladi. 
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam aytdilar: «Uch toifa odamning namozini Alloh qabul qilmaydi: qavm uni 
yoqtirmasa-da, ularga imomlik qiladigan kishining, namozga orqa tomondan keladigan 
ya’ni, namozni vaqti o‘tganidan keyin o‘qiydigan kishining va o‘zi ozod qilgan odamni qul 
qilib olgan kishining» (Abu Dovud, Ibn Moja rivoyati). 
Rivoyat qilinishicha, kimda-kim ikki namozni uzrsiz jam qilib o‘qiydigan bo‘lsa, u gunohi 
kabira eshiklaridan birini ochgan bo‘ladi. 
Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlar: «Agar qiyomat kuni bo‘lsa, bir kishini Alloh 
azza va jallaning huzurida hozir qilishadi. Shunda uni do‘zaxga tashlashni buyuradi. «Ey 
Rabbim, nima uchun?» deb so‘raganida, Alloh taolo: «Namozni vaqtidan kechiktirganing 
va Mening nomim bilan yolg‘on qasam ichganing uchun», deydi. 
Hikoyat 
Salaflardan birining singlisi vafot etib, uni lahadga qo‘ydi. Shunda pul solingan hamyoni 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling