Ii-variant iste’mol va jamg‘arish grafiklaririni izohlang
Download 70.78 Kb.
|
makro 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iste’mol va jamg‘armaga o‘rtacha va chegaraviy moyillik ko‘rsatkichlarini izohlab bering
- Qaysi mablag‘larni investitsiya tarkibiga kiritamiz
- 4. Akselerator modelini tushuntirib bering.
- KSFN = 10000 / 100000 x 100 = 10foiz.
- I = f(Y)
II-VARIANT Iste’mol va jamg‘arish grafiklaririni izohlang. Iste’mol grafigi ikki to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida berilgan. Bissektrisa ko‘rinishidagi Yd =C to‘g‘ri chizig‘ining har bir nuqtasida iste’mol va tasarrufidagi daromad hajmlari teng bo‘ladi. Haqiqiy iste’mol (C) grafigi haqiqiy iste’mol va daromad teng bo‘lgan nuqtada (α) bissektrisa bilan kesishadi. Bo‘sag‘aviy nuqtadan quyida haqiqiy iste’mol daromaddan oshiq. Bu vaziyat insonlarning qarz hisobiga hayot kechirishini bildiradi. α – nuqtada yuqorida haqiqiy iste’mol daromaddan kam hamda ular o‘rtasidagi farq jamg‘arishni tashkil etadi. Haqiqiy iste’mol to‘g‘ri chizig‘i iste’mol hajmini belgilovchi vertikal o‘qni a nuqtada kesib o‘tadi. Bu hol uy xo‘jaliklari umuman daromad olmaganlarida ham ma’lum miqdorda iste’mol qilishlarini anglatadi. a – nuqta esa avtonom iste’mol hajmini bildiradi. Keltirilgan ma’lumotlar asosida jamg‘arish grafigini ham ko‘rib chiqamiz (4.2-rasm). Jamg‘arish grafigi daromad bilan jamg‘arish o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Vertikal o‘qdagi har bir nuqta jamg‘arma miqdorini bildiradi va daromad bilan unga muvofiq keladigan iste’mol hajmi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi (S= Yd - C). Boshlang‘ich daromad darajasida jamg‘arish nolga (0) teng bo‘lgan holda ixtiyordagi daromad hajmi o‘sib borishi bilan uning miqdori ham oshib boradi. Iste’mol va jamg‘armaga o‘rtacha va chegaraviy moyillik ko‘rsatkichlarini izohlab bering? Makroiqtisodiy tahlil jarayonida iste’mol va jamg‘arish funksiyalarini yanada to‘laroq bilish uchun iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik va chegaralangan moyillik tushunchalarini mohiyatini anglab olishimiz lozim. Iste’molga o‘rtacha moyillik deganda tasarrufidagi daromaddagi iste’mol xarajatlarining ulushi tushuniladi, ya’ni: bunda: APC – (average propensity to consume) iste’molga o‘rtacha moyillik. Tasarrufidagi daromaddagi jamg‘arish ulushini jamg‘arishga o‘rtacha moyillik deb ataladi, ya’ni: Bunda: APS (average propensity to saving) – jamg‘armaga o‘rtacha moyillik. Iste’moldagi o‘zgarishlarning shu o‘zgarishni keltirib chiqargan tasarrufidagi daromad o‘zgarishdagi ulushi iste’molga chegaralangan moyillik deyiladi. Jamg‘arishdagi o‘zgarishning ixtiyordagi daromad o‘zgarishdagi ulushi jamg‘arishga chegaralangan moyillik deyiladi. Qaysi mablag‘larni investitsiya tarkibiga kiritamiz? YaIMning ikkinchi komponenti bo‘lgan investitsiyalarga to‘xtalib o‘tamiz. Investitsiyalar yoki kapital qo‘yilmalar – bu, hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo‘yilgan kapitaldir. O‘zining moliyaviy shakliga ko‘ra, ular foyda olish maqsadida xo‘jalik faoliyatiga qo‘yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra investitsiyalar yangi korxonalar qurish, uzoq muddat xizmat ko‘rsatuvchi mashina va asbobuskunalarni yakuniy sotib olishga hamda shu bilan bog‘liq bo‘lgan aylanma kapitalning o‘zgarishiga ketgan xarajatlardir. Shuningdek investitsilar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar ham kiritiladi. Investitsiyalarning turli guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng ko‘p duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash ob’ektiga ko‘ra uch turga bo‘linadi. 1. Ishlab chiqarish investitsiyalari; 2. Tovar-moddiy zaxiralariga investitsiya; 3. Uy-joy qurilishiga investitsiya. 4. Akselerator modelini tushuntirib bering. Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo‘lib kutilayotgan sof foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan investitsiya xarajatlari miqdori o‘rtasida teskari bog‘liqlik bo‘lsa, kutilayotgan sof foyda normasi (KSFN) dinamikasi bilan investitsiya xarajatlari o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik bor. Agarda kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa, investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda miqdoridan yuqori bo‘lsa, investitsiyalash foydali bo‘lmay qoladi. Misol uchun, zavodga 100000 so‘mlik yangi stanok sotib olindi. Yangi stanokni qo‘llashdan zavod 10.000 so‘m sof foyda olgan bo‘lsin. Kutilayotgan sof foyda normasi quyidagicha aniqlanadi: KSFN = 10000 / 100000 x 100 = 10foiz. Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining o‘zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflatsiya darajasi ayirmasi ko‘rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16foiz ga teng bo‘lsa, inflatsiya darajasi yiliga 12 foizni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini (16 foiz – 12 foiz) tashkil etadi. Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta’sir etuvchi boshqa omillar quyidagilar kiradi: 1. Soliqqa tortish darajasi; 2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o‘zgarishlar; 3. Mavjud bo‘lgan asosiy kapital miqdori; 4. Investorlarning kutishi; 5. Yalpi daromadlarning o‘zgarishi. Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi o‘zgarmagan sharoitda ham) ko‘payishga olib keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining ortishiga turtki beradi. Investitsiyalar hajmining YaIM yoki daromadlar darajasiga bog‘liqligini akselerator modeli aks ettiradi: I = f(Y), ya’ni investitsiyalar (I) YaIM (Y)ning funksiyasi ekan. Akselerator modelining to‘liqroq ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: I = Ireja+ γY bu yerda: Ireja – rejalashtirilgan investitsiyalar; Y – YaIM (daromad) hajmi. Download 70.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling