Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
25
dunyodagina o‘tadi. Oxiratda esa qalblaridagi sirlardan boxabar bo‘lgan, g‘ayblarni
bilguvchi Zotgina hokim bo‘ladi.
«... Va o‘zi (islomga) ashaddiy xusumatchi bo‘lgan holida dilidagi «iymoni»ga
Allohni guvoh keltiradi» (Baqara surasi, 204).
Ya’ni, aslida dili kufr va munofiqlik illati bilan muhrlangan bo‘lsa-da, o‘zini
iymonli deb
da’vo qiladi va bu da’vosini «Alloh shohid» deb isbotlashga urinadi. Holbuki, u ashaddiy
xusumatchi bo‘lib, nohaqlik – botil bilan bahs-munozara qiladi.
«(Oldingizdan) ketganida esa yerda buzg‘unchilik, ekin va nasllarni halok qilish
uchun yugurib-elib yuradi. Alloh esa buzg‘unchilik-fasodni sevmaydi» (Baqara
surasi, 205).
Ya’ni, fasodni yomon ko‘radi, fasodchilarni yoqtirmaydi. Hujjatul Islom Fazzoliy
aytganlar: «Bahs-munozara – o‘zingni bilimdon qilib ko‘rsatib,
boshqani tahqirlash
niyatida xatosini izhor etib, ta’na qilishingdir».
Tortishuv (mujodala) o‘z mazhabini boshqasidan ustun qo‘yish va fikrini ma’qullashdan
iborat.
Xusumat esa mol yoki boshqa bir ko‘zlagan narsasini qo‘lga kiritish
uchun aytgan gapida
qat’iy turib olishdir. U gohida biron narsani yoqlashi, gohida e’tiroz qilishi mumkin. Bahs-
munozarada esa faqat e’tiroz bo‘ladi».
Imom Navaviy aytadilar: «Bilginki,
tortishuv goh haq, goh nohaq bo‘ladi. Alloh taolo
aytganki:
Do'stlaringiz bilan baham: