Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


«Ey mo‘minlar, bitimlarga (Alloh taolo bilan o‘rtalaringizdagi bitimlarga – U


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

«Ey mo‘minlar, bitimlarga (Alloh taolo bilan o‘rtalaringizdagi bitimlarga – U 
zotga bandalik qilish haqida bergan ahd-paymonlaringizga ham, o‘zaro bir-
biringiz bilan kelishib olgan bitimlaringizga ham) vafo qilingiz!» (Moida surasi, 
1). 
Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlarki: «Ahdlar Qur’onda halol-harom, farz qilingan 
va had belgilangan narsalardir». 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
Zahhok aytadilar: «Alloh taolo bu ummatdan halol-harom qilingan, namoz kabi farz 
etilgan narsalarga va boshqa ahdlarga vafo qilishga ahd-paymon olgan. Ahdlar ham 
xuddi shu kabi bo‘lib, Alloh farz qilgan muhkam narsalardandir. Biron bir holatda ham 
uni buzishga yo‘l yo‘q». 
Muqotil ibn Hayyon aytadilar: «Alloh Qur’onda buyurgan Uning O‘zigagina itoat 
etishingiz va qaytargan narsalardan qaytishingiz xususida sizlarning zimmangizga 
yuklagan ahdlarga, mushriklar bilan sizlarning orangizdagi ahdlar – bitimlarga va 
insonlar o‘rtasidagi ahdu paymonlarga vafo qilinglar». Vallohu a’lam. 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimda to‘rt xislat bo‘lsa, haqiqiy 
munofiq bo‘ladi. Kimda ulardan bittasi bo‘lsa, to uni tashlamaguniga qadar unda 
munofiqlikning bitta xislati bo‘ladi. Ular gapirsa, yolg‘on gapiradi, ahdlashsa, ahdida 
turmaydi va agar bahslashsa, fojirlik qiladi (haddidan oshadi)» (Buxoriy, Muslim 
rivoyati). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida har bir (ahdini buzgan) 
xiyonatchini tanitib turadigan bayrog‘i bo‘ladi. Bu falonchining xiyonati, deyiladi» 
(Muslim rivoyati). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Men qiyomat kuni uch 
kishining – mening nomimni o‘rtaga qo‘yib (biron narsa) olib, so‘ng xiyonat qilgan 
kishining, hur-ozod odamni sotib, so‘ngra pulini yegan kishining va mardikorni ijaraga 
olib, ishlatib, haqini to‘liq bermagan kishining dushmanidirman», dedi» (Buxoriy 
rivoyati). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim itoatdan bo‘yin tovlasa, qiyomat kuni 
Allohga yo‘liqqanida uning hech bir hujjati bo‘lmaydi. Kimki bo‘ynida bay’at bo‘lmagan 
holda o‘lsa, johiliyat o‘limida o‘libdi» (Muslim rivoyati). 
Payg‘ambar alayhicsalom aytdilar: «Kim do‘zaxdan yiroq bo‘lib, jannatga kirishni 
yoqtirsa, Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan holda o‘ziga berilishini yaxshi ko‘rgan 
narsani odamlarga bersin. Kim bir imomga bay’at qilib, unga qo‘lining bitimini va 
qalbining mevasini bersa, agar qodir bo‘lsa, unga itoat etsin. Mabodo boshqasi kelib, u 
bilan talashib-tortishsa, o‘sha boshqa kimsaning bo‘yniga uringlar (ya’ni, o‘ldiringlar)» 
(Muslim rivoyati). 
 
O‘n ikkinchi gunohi kabira 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling