Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
«Sizlarning (har) biringizga o‘lim kelib, u: «Parvardigorim, meni ozgina
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Alloh fazlu karami bilan ato qilgan narsalarning (zakotini) berishga baxillik qilgan kimsalar hargiz bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik deb
«Sizlarning (har) biringizga o‘lim kelib, u: «Parvardigorim, meni ozgina
muddatga (hayotda) qoldirsang, men xayr-sadaqa qilib, solih (banda)lardan bo‘lsam» deb qolishidan ilgari – Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy www.ziyouz.com kutubxonasi 56 infoq-ehson qilingiz!» (Munofiqun surasi, 10) degan», deya javob berdilar. «Zakot qachon vojib bo‘ladi?» deb so‘rashgan edi. «Mol (boylik) ikki yuz dirhamga yetsa, undan zakot berish vojib bo‘ladi», dedilar. «Haj qachon vojib bo‘ladi?» so‘rashgan edi. «Ozuqa va ulovga ega bo‘lganda», deya javob berdilar. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Alloh kimga boylik ato etgan bo‘lsa-yu, u zakotini bermasa, qiyomat kunida boyligi ikki kokilli ajdarga aylantiriladi. So‘ng u sohibining bo‘yniga o‘raladi-da, ikki lunjidan tutib: «Men sening molingman, sening xazinangman», deydi va ushbu oyatni o‘qiydi: «Alloh fazlu karami bilan ato qilgan narsalarning (zakotini) berishga baxillik qilgan kimsalar hargiz bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar! Yo‘q, bu qilmishlari o‘zlari uchun yomonlikdir. Baxillik qilib bermagan narsalari qiyomat kunida bo‘yinlariga o‘ralajak!» (Buxoriy rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Besh ish besh ishga bog‘liq». «Yo Rasululloh, biri ikkinchisiga bog‘liq bo‘lgan besh ish qaysi?» deb so‘rashdi. «Qaysi qavm ahdini buzsa, ularga dushmanlari hukmron bo‘ladi. Alloh nozil qilgandan boshqa narsa bilan hukm qilsa, ularda faqirlik yoyiladi. Fahsh ishlar avj olsa, ularda o‘lim ko‘payadi. Zakot bermasalar, ularga yomg‘ir yog‘dirilmay qo‘yadi. O‘lchov va tarozidan urib qolishsa, nabototlar o‘smay, bir necha yil qirg‘oqchilikka duchor bo‘ladilar», deya javob berdilar (Tabaroniy). Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «(Baxil) kishiga tamg‘a bosilayotganda dirham dirhamga, dinor dinorga tekkan holda bosilmaydi. Balki terisi kengaytirilib, har bir dinor va dirham alohida-alohida qo‘yilib tamg‘a bosiladi». (Tabaroniy rivoyati). Iste’molda bo‘lgan muboh taqinchoqlardan zakot berilmaydi. Mulk yoki ijara hisobidagi taqinchoqlardan esa beriladi. Hikoya Muhammad ibn Yusuf Faryobiy hikoya qiladilar: «Bir necha ashoblarim bilan Abu Sinonni (Alloh rahmat qilsin) ziyorat qilgani bordik. U zotning huzurlariga kirib o‘tirganimizdan keyin: «Qo‘shnimizning akasi qazo qilgan. Yuringlar, unikiga ta’ziyaga chiqamiz», dedilar. Hammamiz turib, azadornikiga bordik. U akasining o‘limidan juda betoqat bo‘lib yig‘lar edi. Biz unga ta’ziya bildirib, tasalli berdik. U ta’ziyaga ham, tasalliga ham quloq solmas edi. Unga: «O‘lim hammaning boshida borligini bilmaysanmi?» degan edik, «Bilaman, biroq akam tunu kun azoblanayotgani meni qon yig‘latmoqda», dedi. «Alloh senga g‘aybni bildirdimi?» deb so‘ragan edik. «Yo‘q, lekin akamning yuziga tuproq tortib dafn qilgandan va odamlar tarqab ketgandan so‘ng qabri yoniga cho‘kdim. Shu payt qabridan: «Oh, meni o‘z holimga qo‘yinglar, meni azoblamanglar. Men namoz o‘qirdim, ro‘za tutardim», degan ovoz eshitildi. Bu gapdan men yig‘lab yubordim va ahvolini ko‘rish uchun qabrini kavladim. Lahadda olov alangalanib turar va uning bo‘ynida olov bo‘yinbog‘ bor edi. Ukalik mehrim qo‘zib, bo‘yinbog‘ni olish maqsadida qo‘limni uzatdim. Barmoqlarim va qo‘llarim kuyib qoldi», dedi-da, qo‘llarini chiqarib ko‘rsatdi. U kuyib qop- qora bo‘lib ketgan edi. So‘zida davom etib aytdi: «Uni qaytadan ko‘mib, qaytib keldim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling