Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


«Sizlarning (har) biringizga o‘lim kelib, u: «Parvardigorim, meni ozgina


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

«Sizlarning (har) biringizga o‘lim kelib, u: «Parvardigorim, meni ozgina 
muddatga (hayotda) qoldirsang, men xayr-sadaqa qilib, solih (banda)lardan 
bo‘lsam» deb qolishidan ilgari – Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
infoq-ehson qilingiz!» (Munofiqun surasi, 10) degan», deya javob berdilar. 
«Zakot qachon vojib bo‘ladi?» deb so‘rashgan edi. «Mol (boylik) ikki yuz dirhamga 
yetsa, undan zakot berish vojib bo‘ladi», dedilar. «Haj qachon vojib bo‘ladi?» so‘rashgan 
edi. «Ozuqa va ulovga ega bo‘lganda», deya javob berdilar. 
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: Alloh kimga boylik ato etgan bo‘lsa-yu, u zakotini bermasa, qiyomat kunida 
boyligi ikki kokilli ajdarga aylantiriladi. So‘ng u sohibining bo‘yniga o‘raladi-da, ikki 
lunjidan tutib: «Men sening molingman, sening xazinangman», deydi va ushbu oyatni 
o‘qiydi: 
«Alloh fazlu karami bilan ato qilgan narsalarning (zakotini) berishga baxillik 
qilgan kimsalar hargiz bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik deb 
hisoblamasinlar! Yo‘q, bu qilmishlari o‘zlari uchun yomonlikdir. Baxillik qilib 
bermagan narsalari qiyomat kunida bo‘yinlariga o‘ralajak!» (Buxoriy rivoyati). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Besh ish besh ishga bog‘liq». «Yo 
Rasululloh, biri ikkinchisiga bog‘liq bo‘lgan besh ish qaysi?» deb so‘rashdi. «Qaysi qavm 
ahdini buzsa, ularga dushmanlari hukmron bo‘ladi. Alloh nozil qilgandan boshqa narsa 
bilan hukm qilsa, ularda faqirlik yoyiladi. Fahsh ishlar avj olsa, ularda o‘lim ko‘payadi. 
Zakot bermasalar, ularga yomg‘ir yog‘dirilmay qo‘yadi. O‘lchov va tarozidan urib 
qolishsa, nabototlar o‘smay, bir necha yil qirg‘oqchilikka duchor bo‘ladilar», deya javob 
berdilar (Tabaroniy). 
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «(Baxil) kishiga tamg‘a bosilayotganda dirham 
dirhamga, dinor dinorga tekkan holda bosilmaydi. Balki terisi kengaytirilib, har bir dinor 
va dirham alohida-alohida qo‘yilib tamg‘a bosiladi». (Tabaroniy rivoyati). 
Iste’molda bo‘lgan muboh taqinchoqlardan zakot berilmaydi. Mulk yoki ijara hisobidagi 
taqinchoqlardan esa beriladi. 
Hikoya 
Muhammad ibn Yusuf Faryobiy hikoya qiladilar: «Bir necha ashoblarim bilan Abu Sinonni 
(Alloh rahmat qilsin) ziyorat qilgani bordik. U zotning huzurlariga kirib o‘tirganimizdan 
keyin: «Qo‘shnimizning akasi qazo qilgan. Yuringlar, unikiga ta’ziyaga chiqamiz», 
dedilar. Hammamiz turib, azadornikiga bordik. U akasining o‘limidan juda betoqat bo‘lib 
yig‘lar edi. Biz unga ta’ziya bildirib, tasalli berdik. U ta’ziyaga ham, tasalliga ham quloq 
solmas edi. Unga: «O‘lim hammaning boshida borligini bilmaysanmi?» degan edik
«Bilaman, biroq akam tunu kun azoblanayotgani meni qon yig‘latmoqda», dedi. «Alloh 
senga g‘aybni bildirdimi?» deb so‘ragan edik. «Yo‘q, lekin akamning yuziga tuproq tortib 
dafn qilgandan va odamlar tarqab ketgandan so‘ng qabri yoniga cho‘kdim. Shu payt 
qabridan: «Oh, meni o‘z holimga qo‘yinglar, meni azoblamanglar. Men namoz o‘qirdim, 
ro‘za tutardim», degan ovoz eshitildi. Bu gapdan men yig‘lab yubordim va ahvolini 
ko‘rish uchun qabrini kavladim. Lahadda olov alangalanib turar va uning bo‘ynida olov 
bo‘yinbog‘ bor edi. Ukalik mehrim qo‘zib, bo‘yinbog‘ni olish maqsadida qo‘limni uzatdim. 
Barmoqlarim va qo‘llarim kuyib qoldi», dedi-da, qo‘llarini chiqarib ko‘rsatdi. U kuyib qop-
qora bo‘lib ketgan edi. So‘zida davom etib aytdi: «Uni qaytadan ko‘mib, qaytib keldim. 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling