Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


EHTIYOJDAN ORTIQCHA SUVNI QIZG’ANISH


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

EHTIYOJDAN ORTIQCHA SUVNI QIZG’ANISH 
Alloh taolo aytadi: 
«Ayting: «Xabar beringiz-chi, agar (to‘satdan ichar) suvlaringiz (er tubiga) 
singib ketar bo‘lsa, u holda kim sizlarga oqar suv keltira olur?!» (Mulk surasi, 
30). 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Yaylovni xarob qilish maqsadida 
ortiqcha suvni to‘smanglar» (Muttafaqun alayh). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimda-kim ortiqcha suvini yoki ortiqcha 
o‘t-o‘lanini man qilsa (ya’ni, boshqalarga bermasa), Alloh azza va jalla qiyomat kunida 
undan O‘z fazlini man qiladi» (Imom Ahmad rivoyati). 
Yigirma to‘rtinchi gunohi kabira 
RAMAZONDA UZRSIZ RO‘ZA TUTMASLIK 
Alloh taolo buyuradiki: 
«Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga 
farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi. Endi 
sizlardan biron kishi xasta yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tutolmagan 
kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda tutadi...» (Baqara surasi, 183–184). 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Islom besh narsa asosiga bino qilingan: 
Allohdan o‘zga iloh yo‘q hamda Muhammad Uning bandasi va elchisidir, deb guvohlik 
berish, namozni qoyim qilish, zakot berish, Ka’bani haj qilish va ramazonda ro‘za tutish» 
(Muttafaqun alayh). 
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Kim ruxsatsiz va kasal bo‘lmay turib, 
ramazonda biron kun ro‘za tutmasa, garchi bir umr ro‘za tutsa ham, o‘sha bir kunning 
qazosini o‘tay olmaydi» (Termiziy rivoyati). 
Ibn Abbos roziyallohu anhumo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbat berib 
aytgan ekanlarki: «Islom rishtalari (tayanchlari) va din qoidalari uchtadir. Islom asoslari 
ham ular ustiga barpo bo‘lgan. Ulardan birontasini tark etgan kishi o‘sha ishga kufr 
keltirgan bo‘lib, qoni haloldir. Ular: Allohdan o‘zga iloh yo‘q, deb guvohlik berish, farz 
namozlari va ramazon ro‘zasi» (Abu Ya’lo rivoyati, hasan hadis). 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Uxlab yotgan edim. Yonimga ikki kishi 
kelib bilaklarimdan tutdi-da, meni chiqish qiyin bo‘lgan tog‘ oldiga olib borishib, unga 
chiqing, deyishdi. «Toqatim yetmaydi», degan edim. «Sizga chiqishni oson qilib 
qo‘yamiz», deyishdi. Men ko‘tarilib tog‘ning tekis joyiga (ustiga) yetganimda kuchli 
shovqin eshitildi. «Bu qanaqa shovqin?» deb so‘ragan edim, ular: «Bu do‘zaxiylarning 
faryodi», dedi. So‘ng meni u yerdan olib ketishdi. Bir joyda oyoqlaridan osib qo‘yilgan, 
lunjlari yirtilib, qon oqib turgan qavmga duch keldim. «Kim ular?» deb so‘ragan edim. 
«Ular ro‘zalari nihoyasiga yetmay turib iftor qiladigan kimsalardir», deyildi (Ibn 
Huzayma, Ibn Hibbon rivoyati). 
Naxa’iy ramazonning ro‘za tutilmagan har bir kuni uchun uch ming kun ro‘za tutib 
berishni vojib deb bilganlar. 
Said ibn Musayyab: «Har bir kun o‘rniga o‘ttiz kun ro‘za tutib berish vojib» degan 
bo‘lsalar, Imom Molikning ustozi Robiy’a roziyallohu anhu: «Har bir kun evaziga, o‘n ikki 
kun ro‘za tutadi», deganlar. 
Yigirma beshinchi gunohi kabira 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling