Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
qiladigan, tashvishlarini hal etadigan, ular foydasini ko‘zlab, yaxshilik qiladigan kishidir. 
Alloh lutf va marhamati ila bizni shunday xayrli ishlarga muvaffaq aylasin. Albatta, U 
saxovatli, rahmli, mehribon va mag‘firatli zotdir. 
O‘ttiz birinchi gunohi kabira 
QO‘SHNIGA OZOR BERISH 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga qasamki, mo‘min emas. Allohga qasamki
mo‘min emas. Allohga qasamki, mo‘min emas», dedilar. «Kim, yo Rasululloh?» deb 
so‘rashgan edi, «Yomonligidan qo‘shnisi xotirjam bo‘lmagan kimsa», deya javob berdilar 
(Muttafaqun alayh). 
Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda: «Yomonligidan qo‘shnisi emin bo‘lmagan kimsa 
jannatga kirmaydi», deyilgan. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Alloh nazdidagi eng ulkan gunoh qaysi?» deb 
so‘rashgan edi, u zot uchta gunohni zikr qilib: «Allohga boshqa narsani sherik qilishing. 
Holbuki, U seni yaratgan; ovqatingga sherik bo‘lishidan qo‘rqib farzandingni o‘ldirishing 
va qo‘shningning jufti haloli bilan zino qilishing», deya javob berdilar (Muttafaqun 
alayh). 
Sahih hadisda aytiladiki: «Kimki Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ekan
qo‘shnisiga ozor bermasin» (Muttafaqun alayh). 
Qo‘shni uch toifa bo‘ladi: Musulmon, kofir, qarindosh qo‘shni. 
Musulmon qo‘shnining qo‘shnilik va musulmonlik haqlari bor. 
Kofir qo‘shnining qo‘shnilik haqi bor. 
Qarindosh qo‘shni – uning qarindoshlik, qo‘shnilik haqlari (agar musulmon bo‘lsa, 
musulmonlik haqi ham) bor. 
Ibn Umarning bir yahudiy qo‘shnisi bor edi. Agar jonliq so‘ysalar: «Yahudiy qo‘shnimizga 
undan olib chiqib beringlar», der edilar. 
Rivoyat qilinishicha, qiyomat kunida kambag‘al qo‘shni boy qo‘shnisiga osilib oladi va: 
«Ey Rabbim, mana bundan so‘ra-chi, nima uchun eshigini qulflab, mendan fazlini to‘sdi 
ekan», deydi. 
Kishi qo‘shnisining ozor-aziyatlariga bardoshli, toqatli bo‘lishi lozim. Bu ish qo‘shniga 
yaxshilik qilish jumlasidan sanaladi. 
Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, menga 
jannatga doxil etadigan amalni o‘rgating», degan edi, «Muhsin (yaxshilik qiluvchi) bo‘l», 
dedilar. «Muhsinligimni qanday bilaman?» deb so‘ragan edi, u zot sollallohu alayhi 
vasallam: «Qo‘shnilaringdan so‘ra, agar seni muhsin deyishsa, demak, muhsinsan. 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling