Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
68
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: «Men jannat eshigini birinchi bo‘lib ochuvchi shaxsman. Faqat bir ayol mendan 
ildamroq ekanini ko‘raman. Undan: «Sen kimsan?» deb so‘rayman. U: «Men 
yetimlarimga qarab o‘tirgan ayolman», deydi» (Abu Ya’lo rivoyati). 
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamga qalbi qattiqligidan shikoyat qildi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Yetim 
boshini sila va miskinga taom ber», dedilar» (Ahmad rivoyati, sahih hadis). 
Hikoyat 
Salaflardan biri hikoya qiladi: «Men ilgari gunoh ishlarga, ichkilikka berilgan edim. Bir 
kuni muhtoj yetim bolani uchratib qoldim. Uni uyimga olib kelib, qornini to‘ydirdim, 
hammomda cho‘miltirib, sochlarini olib, kiyim kiydirdim. Qisqasi ota o‘z farzandiga 
marhamat ko‘rsatganiday, balki undan ham ziyodaroq marhamat ko‘rsatdim. Shundan 
so‘ng kechasi uxladim. Tush ko‘rdim. Go‘yoki qiyomat qoim bo‘libdi. Men hisob-kitobga 
chaqirildim va qilgan gunohlarim tufayli do‘zaxga hukm qilindim. Zaboniyalar (azob 
farishtalari) meni do‘zaxga sudrab keta boshladilar. Ularning qo‘llarida men zaif, haqir 
edim. Shu payt yo‘lda haligi yetim ro‘baro‘ keldi va: «Ey Rabbimning farishtalari, uni 
qo‘yib yuboringlar. Men Rabbimdan unga shafoat tilayman. Zero, u menga yaxshilik qildi 
va marhamat ko‘rsatdi», dedi. Farishtalar: «Bu bizga buyurilmagan», deyishdi. Shu payt 
Alloh taolo tarafidan: «Uni qo‘yib yuboringlar. Yetimga yaxshilik qilgani va yetim shafoati 
sababli unga so‘ragan narsalarini berdim», degan nido keldi. Keyin uyg‘onib ketdim-da, 
Alloh azza va jallaga tavba qildim va butun kuch-g‘ayratimni yetimlarga marhamat 
ko‘rsatishga sarfladim». 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xodimlari Anas ibn Molik roziyallohu anhu 
aytganlarki: «Uylarning yaxshisi unda yetim bo‘lib, unga yaxshilik qilinadigan uydir. 
Uylarning yomoni unda yetim bo‘lib, unga yomonlik qilinadigan uydir. Alloh taologa 
bandalarining eng suyuklisi yetim yoki bevaga yaxshilik qilgan kishidir». 
Rivoyat qilinishicha, Alloh taolo Dovud alayhissalomga: «Ey Dovud, yetimga mehribon 
otadek, bevaga shafqatli erdek bo‘l. Bilginki, nima eksang shuni o‘rasan», deb vahiy 
qilgan. 
Ya’ni, boshqaga qanday munosabatda bo‘lsang, senga ham shunday munosabatda 
bo‘lishadi. Bir kun kelib sen ham vafot etasan va yetim farzanding yoki beva ayoling 
qoladi. 
Dovud (a.s.) o‘z munojotlarida: «Ey Ilohim, roziligingni istab yetim va bevani qo‘llab-
quvvatlagan kishining mukofoti nima?» deb so‘ragan edilar, «Mukofoti – soyamdan o‘zga 
soya yo‘q kunda soyamga olishimdir», deya javob berdi. 
Ma’nosi, qiyomat kunida arshim soyasida bo‘ladi, deganidir. 
Hikoyat 
Alaviylardan biri Balxda istiqomat qilar edi. Uning xotini ham alaviy bo‘lib, qizlari bilan 
rohat-farog‘atda yashar edi. Kunlardan bir kuni u vafot etdi va xotini-yu qizlari 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling