Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc


Download 143.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/65
Sana08.01.2022
Hajmi143.21 Kb.
#252543
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   65
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)

 

* * * 

Madinaga tijoratchilar karvoni keldi. Unda ayollar va bolalar ham bor edi. Umar (r.a.) 

Abdurahmon ibn Avfga (r.a.): «Bu kecha ularga qo‘riqchilik qilamizmi?» dedilar. Ularni 

qo‘riqlab kech kiritishdi. Alloh farz etgan namozlarini o‘qishdi. Shunda Umar (r.a.) bir 

go‘dakning yig‘isini eshitdilar va u tomon yurdilar. Uning onasiga: «Allohdan qo‘rq, 

bolangga yaxshi qara», dedilar, so‘ng o‘z o‘rinlariga qaytdilar.shunda yana yig‘i ovozini 

eshitib, onasiga: «Allohdan qo‘rq, bolangga yaxshi qara», dedilar-da , joylariga 

qaytdilar. Vaqtiki, tun oxirlagandi, yana uning yig‘isini eshitdilar. Onasiga borib: «Hayf 

senga, yaxshi ona emas ekansan! O’g‘lingga nima bo‘ldi, kechadan beri tinchimaydi?» 

dedilar. Onasi u kishini mo‘minlarning amiri ekanliklarini bilmay: «Ey Allohning bandasi, 

u kechadan beri meni bezor qilib yubordi, men uni ko‘krakdan chiqarishga 

majburlayman, u esa ko‘nmaydi», dedi. Umar (r.a.): «Nima uchun?» deb so‘radilar. U 

aytdi: «Chunki Umar ko‘krakdan chiqqan bolalargagina nafaqa belgilaydi (ya’ni, 

farzandlari ko‘krakdan chiqqan otalargagina haq beradi). Umar (r.a.): «Buning yoshi 




Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

34

nechada?» dedilar. U: «Mana shuncha oylik», deb aytdi. Umar (r.a.) esa: «Essiz unaqa 



shoshmagin», dedilar-da bomdod namozini o‘qidilar. Yig‘ining kuchliligidan qiroatlari 

odamlarga eshitilmadi. Shunda salom berib dedilar: «Ey baxtsiz Umar, qancha 

musulmon farzandlari halok bo‘ldi...» So‘ng bir munadiyga: «Go‘daklaringizni ko‘krakdan 

chiqarishga shoshilmanglar. Biz Islomda tug‘ilgan har bir go‘dak uchun (haq) 

belgilaymiz», deb nido qilishga buyurdilar. Bu bilan hamma tomonga chopar yuborildi. 


Download 143.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling