Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Qarilik kafforati
Ro‘za tutolmaydigan darajada qari, quvvatsiz bo‘lgan chol va kampirlarning ro‘za tutmasligi joiz. 
Biroq ular bir kunga yarim so’ bug‘doy miqdorida fidya beradilar. Davolash imkonsiz bo‘lgan 
kasallikka chalinganlar ham o‘ta qari kishilar hukmidadir, ular ham farz ro‘za uchun fidya berishlari 
mumkin. 
Umr bo‘yi ro‘za tutishni nazr qilish
Umr bo‘yi ro‘za tutishni nazr, ahd qilgan kishi ro‘zg‘or tashvishlari bois bu nazrni bajarolmasa, 
ro‘za tutmaydi balki o‘rniga fidya beradi. Faqir bo‘lgani tufayli fidyagz qodir bo‘lmasa, istig‘for qiladi. 
 
Kafforatni to‘lashdan ojiz bo‘lsa
 
Qari odam qasam ichib, qasamini buzsa yoki odam o‘ldir-sa va buning kafforatini to‘lash uchun 
ozod qilishga qul topa olmasa yoki kafforat ro‘zasini tutmay, umrining qarilik kunlariga qoldirgan 
bo‘lsa, fidya joiz emasdir. Chunki fidya Ramazon ro‘zasi uchundir. 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
Nafl ro‘za
Nafl ro‘za tutgan kishi hech bir uzrsiz, qazosini tutish sharti bilan ro‘zasini buzishi mumkin. 
Ziyofat, uni berganga, taklif qilinganga ro‘zani buzish uchun uzrdir. Zero, bu holatda ro‘za ochish ko‘p 
savobli bo‘lishi aytilgan. 
Izoh: Payg‘ambarimiz, sollashohu alayhi va sallam: "Kimki ziyofatga chaqirgan dindosh 
birodarining ko‘nglini sindirmasdan, tutgan ro‘zasini buzsa, amal darftariga ming yillik ro‘za savobi 
yoziladi. Agar do‘sti uchun buzgan nafl ro‘zasining qazosini tutsa, ikki ming yillik ro‘za savobi 
yoziladi ", deb marhamat qilganlar. 
Nafl ro‘zaning qazosi
Nafl ro‘zani, qanday sabab bo‘lishidan qat’iy nazar, buzgan kishi, albatta qazosini tutishi kerak. 
Biroq ikki hayit va tashriq kunlari jami besh kun tutilgan nafl ro‘za buzilsa, qazo tutish lozim 
bo‘lmaydi (chunki bu kunlarda ro‘za tutish haromdir). 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling