Roʼzаni yopish vа ochishdаgi niyat vа duolаr
Download 302.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Ro\'za niyatlari va duolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- “NАVАYTU АN
1 ROʼZАNI YOPISH VА OCHISHDАGI NIYAT VА DUOLАR Аrabcha niyat qilish ramazonda ham, boshqa oylarda ham aslida shart emas, oʼzbekchasini dildan oʼtkazsa niyat shu. Yaʼni, ramazon oyi roʼzasini tutmoqchi ekanligini yoki boshqa nafl boʼladimi, qazo yoki nazr roʼza boʼladimi, saharlikka turganda, shu roʼzani tutmoqchiligini dildan oʼtkazsa, shuning oʼzi niyat boʼladi. Chunki, dildan niyat qilish farz. Saharlik tugagandan soʼng, taom duosini oʼqib, duo qilib qoʼyaversa ham boʼladi. Lekin, bizning xalqimiz alohida arabcha niyat qilib, arabcha duo qilmaguncha koʼngli tinchimaydi. Shunga ogʼiz yopishda arabcha niyat qilib kelinadi va ogʼiz ochishda arabcha duo qilinadi. Ramazondan boshqa oylarda roʼza tutmoqchi boʼlgan odam xuddi shu ramazon oyi roʼzasining niyatidagi “ramazona” degan oy nomining oʼrniga roʼza tutmoqchi boʼlgan oyni qoʼyib aytadi. Yoki shu niyatdagi “sovma” soʼzidan keyin tutmoqchi boʼlgan roʼzasini aytadi, masalan, “sovma-n-nafli” deydi. Ramazondan boshqa oy va kunlardagi ixtiyoriy roʼzalarning hammasini nafl roʼzasi deb niyat qilsa, maqbul boʼlaveradi. Shuni esda saqlash kerakki, roʼzalarda ham xuddi namozlarda niyat oʼzgargandek, faqat niyat oʼzgaradi. Ogʼiz ochish duosi esa xuddi namozning oxiridagi duolar oʼzgarmaganidek, oʼzgarmay hamma roʼzada ogʼiz ochishda bir xil duo qilinaveradi. Ogʼiz ochish duosini har bir odam aytishi shart emas. “Bismilloh” aytib, ogʼzini ochaveradi. Faqat duolar ijobat boʼladigan payt boʼlgani uchun bu vaqtda har kim dilida duo, tilak va istaklarini oʼzi ichida aytib tursa, inshaalloh, ijobat boʼladi. Ogʼiz ochishda uy egasi yoki davra kattasi hammaning nomidan ogʼiz ochish duosini oʼqisa ham boʼladi. 2 RАMАZON ROʼZАSI NIYATI Ramazon oyida saharlik qilib boʼlgandan soʼng ogʼiz yopishda: “Ramazon oyining roʼzasini tutishni niyat qildim", deb niyat qilasiz. Аrabcha aytmoqchi boʼlsangiz, quyidagicha niyat qilib olinadi: “NАVАYTU АN Download 302.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling