Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namozxon birlan to‘siq oralig‘i qancha bo‘lmoqligi bayonida


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

91-bob. Namozxon birlan to‘siq oralig‘i qancha bo‘lmoqligi bayonida 
Sahl ibn Sa’d naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz 
o‘qiyotgan joylari birlan devor orasida bir qo‘y o‘tgudek masofa bor erdi». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
104
Salama ibn Abu Ka’b dedilar: «Minbar birlan masjid devori oralig‘i qo‘y o‘tgudek erdi». 
92-bob. Ro‘parasiga sanchib qo‘yilgan nayzaga qarab namoz o‘qimoq 
Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
ro‘paralariga nayza sanchib qo‘yishar erdi, o‘shanga qarab namoz o‘qir erdilar». 
93-bob. Uchi nayza hassaga qarab namoz o‘qimoq 
Avn ibn Abu Juhayfa quyidagini otam aytib bergandilar, dedilar: «Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam kun qizigan paytda bizning oldimizga chiqdilar, tahorat oldilar, so‘ng biz 
birlan peshin va asrni o‘qidilar. Ro‘paralariga uchi nayza hassalari sanchib qo‘yilgan 
bo‘lib, ayollar va eshaklar uning narigi tomonidan o‘taverardi». 
Ato ibn Abu Maymuna quyidagini Anas ibn Molikdan eshitdim, dedilar: «Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam, agar hojatga chiqsalar, men va bir xizmatkor bola nayza yoki 
hassa yohud uchi nayza hassa (namozda ro‘paraga sanchib qo‘ymoq uchun) hamda suv 
olib, orqalaridan ergashar erdik. Hojatlaridan bo‘shaganlarida idishdagi suvni berar 
erdik». 
94-bob. Makkai Mukarrama va boshqa joylarda namozxon oldiga sutra (to‘siq) 
qo‘yish 
Abu Juhayfa naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, tush paytida yo‘lga 
chiqib, Batho degan joyda ro‘paralariga uchi nayza hassani sutra (to‘siq) qilib sanchib 
qo‘ydilar-da, peshin va asrni ikki rak’atdan (sunnat va farzini) o‘qidilar. Janob Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam tahorat olganlarida tushgan suvni odamlar olib, badanlariga 
surta boshladilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling