Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namoz o‘qimoqqa bay’at qilmoq xususida


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

2-bob. Namoz o‘qimoqqa bay’at qilmoq xususida 
Jarir ibn Abdulloh: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga namoz o‘qimoq, zakot 
bermoq va (bu haqda) har bir musulmonga nasihat qilmoqqa bay’at qildim»,— deydilar. 
3-bob. Namozning (gunohlar uchun) kafforat ekanligi haqida 
Shaqiq raziyallohu anhu Huzayfa raziyallohu anhudan naql qiladilar: «Umar raziyallohu 
anhuning huzurlarida o‘tirgan erdik. «Qaysi biringiz Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamning fitna to‘g‘risida aytgan so‘zlarini eslab qolgandirsiz?» — dedilar. «Men, 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
110
qandoq aytgan bo‘lsalar, shundoqligicha eslab qolgandirman»,— dedim. «Qani, 
aytg‘ilchi!» — dedilar. Men: «Odamning o‘z ayoli, mol-dunyosi, bolalari va qo‘shnisidan 
sodir bo‘ladirg‘an fitnalarga namoz, ro‘za, sadaqa hamda amr va ta’qiqqa rioya qilmoq 
kafforat erur»,— dedim. U kishi: «Yo‘q, men buni ermas, balkim, dengiz to‘lqinlari 
yanglig‘ bosib keladirgan fitnani nazarda tutgan erdim»,— dedilar. «Yo Amir al-
mo‘‘minin, siz bundan qo‘rqmasangiz ham bo‘lur, chunkim siz birlan o‘sha fitna 
o‘rtasinda bir yopiq eshik g‘ov bo‘lib turibdir»,— dedim. Hazrat Umar: «O’shal eshik 
sindirilg‘aymidir yokim ochilg‘aymidir?» — dedilar. «Sindirilg‘aydir», — dedim. Hazrat 
Umar: «Demak, keyin mutlaqo yopilmas erkan»,— dedilar. Biz: «Hazrat Umar qaysi 
eshik nazarda tutilganini angladilarmi?» — deb Huzayfadan so‘radik. Ul kishi: «Ha, 
ertangi kundan oldin tun bo‘lmog‘ini bilganlaridek yaxshi bilg‘aydirlar, men ul kishiga 
Janob Rasulullohning hadislarini to‘la-to‘kis (bexato) aytib bergandirman» — dedilar. 
Keyin, biz Huzayfadan boshqa so‘ramakka botinmay, Masruqqa: «Sen so‘rag‘il-chi!»— 
dedik. Masruq so‘ragan erdi, ul kishi: «O’shal eshik Hazrat Umarning o‘zlaridir»,— 
dedilar». 
Ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi bir xotindan qiblaning qaysi 
tomonda erkanlig‘ini surishtirib turgan erdi, Nabiy sallallohu alayhi va sallam kelib, unga 
qiblani ko‘rsatib qo‘ydilar. Shunda Olloh taolo: «Ertadan kechgacha va tunning bir 
qismida namoz o‘qig‘il, darhaqiqat yaxshilig‘ yomonlig‘ni mahv etg‘usidir!»— degan oyati 
karimasini nozil qildi. Boyagi kishi: «Yo Rasululloh, bu menga taalluqlimidir?»—dedi. 
Janob Rasululloh «Barcha ummatlarimg‘a taalluqlidir»,—dedilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling