Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Kishi sajdaga bosh qo‘yayotib: «Menga xalal beryapsan, sal


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

108-bob. Kishi sajdaga bosh qo‘yayotib: «Menga xalal beryapsan, sal 
yig‘ishtirinibroq yotg‘il!» — deb xotinini turtib qo‘yishi mumkinmi? 
Umar ibn Ali naql qiladilar: «Oisha onamiz «Namozxonning oldidan it, eshak va xotin 
kishi o‘tsa, namoz buzilg‘aydir, degan kishilarga qarata: «Juda ham yomon o‘xshatish 
qildingiz, bizni it va eshakka teng qildingiz! Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
108
o‘qiyotganlarida u kishining qibla tomonlarida yonboshlab yotganim esimda. Sajda 
qilmoqchi bo‘lsalar, oyog‘imga turtib qo‘yar erdilar, men oyog‘imni yig‘ib olar erdim»,— 
dedilar». 
109-bob. Ayol kishining namozxon ustidagi biror ozor berib turgan narsani olib 
tashlashi 
Abdulloh ibn Mas’ud dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’batulloh yonida 
namoz o‘qiyotgan erdilar. Quraysh mushriklaridan bir to‘dasi o‘zlarining har doim 
yig‘ilishadigan joylarida gaplashib o‘tirishardi. Nogahon, ulardan biri: «Manavining 
ibodatni ko‘z-ko‘z qilmog‘ini ko‘ringiz! Qaysi biringiz falonchilarning qushxonasidan 
ichak-chavoq olib kelib, u sajdaga borganda, ikki kuragining o‘rtasiga tashlay olursiz?» 
— dedi. Shunda ularning eng badbaxti turib ichak-chavoq olib kelgani ketdi. Olib 
kelgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sajda qilmoqlarini poylab turib, ikki 
kuraklari o‘rtasiga tashladi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajdada turib qoldilar. 
Mushriklar bir-birlariga qarab qotib-qotib kulishdi. Bir kishi buni payg‘ambarimizning 
qizlari Fotimaga borib aytdi. Qizaloqlari yugurib kelganda Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam sajdada turar erdilar. Fotima ichak-chavoqlarni u kishining yelkalaridan olib 
tashladi-da, mushriklarni qarg‘adi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozni 
tugatganlaridan so‘ng: «Ilohi, Qurayshni halokatga uchratg‘il!»—deb uch marta duoi bad 
qildilar. Keyin (bir oz o‘ylab turgach): «Ilohi, Amr ibn Hishomni, Uqba ibn Rabi’ani, 
Shayba ibn Rabi’ani, Valid ibn Utbani, Umayya ibn Xalafni, Uqba ibn Abu Mu’itni, 
Ammora ibn Validni halok qilg‘il»,— deb nomma-nom aytdilar. Ollohga qasam ichib 
ayturmenki, ularning hammasini Badr jangida o‘lib yotganini ko‘rdim, ularni sudrab olib 
borib suvsiz quduqqa tashladilar». «Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Quduqqa tashlanganlarni oxiratda la’natlag‘aysan!» deb Ollohga iltijo qildilar»,— 
deydilar Abdulloh raziyallohu anhu. 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling