Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. «Men azon aytaman» deb talashmoq


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

9-bob. «Men azon aytaman» deb talashmoq  
Bir kuni qavmlar azon aytmakni talashib qoldilar. Shunda Sa’d ibn Vaqqos chek 
tashladilar, chekiga tushgan kishi azon aytdi. 
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odamlar azon 
aytmakning hamda birinchi safda turib namoz o‘qimakning qanchalik savobi borlig‘ini 
bilganlarida erdi, hech bo‘lmaganda chek tashlab, o‘z niyatlariga erishgan bo‘lur erdilar. 
Agar odamlar jamoat birlan namoz o‘qimakning savobini bilg‘ay erdilar, kim o‘zarga 
masjidg‘a rgurib ketgan bo‘lur erdilar. Agar odamlar bomdod birlan xufton namozini 
jamoat birlan birga o‘qimakda ne savob borlig‘ini bilsalar erdi, emaklab bo‘lsa ham 
borishg‘ay erdilar», — deganlar». 
10-bob. Azon aytayotib boshqa so‘zlarni aytib yuborish 
Sulaymon ibn Surd azon aytayotib boshqa so‘zlarni ham gapirib yubordilar. 
Hasan Basriy: «Azon yokim takbir aytayotib kulmoqning zarari yo‘qdir», — deydilar. 
Abdulloh ibn Hars rivoyat qiladirlar: «Yog‘ingarchilik bo‘lib turgan kunlardan birida Ibn 
Abbos bizga va’z aytdilar. Muazzin «Hayya ala-s-salot» deb aytayotganda Ibn Abbos uni 
to‘xtatib, «Namozni har kim o‘z joyida o‘qisin!» — deb qichqirmakni buyurdilar. Kishilar 
ajablanib bir-birlariga qaradilar. Shunda Ibn Abbos: «Ibn Abbosdan yaxshiroq kishi 
(ya’ni, Rasululloh) ham shunday qilgandirlar. Bugun jum’a, shunday qilsa bo‘lg‘aydir»,— 
dedilar». 
11-bob. Ko‘zi ojiz odam, agar unga namoz vaqti bo‘lganligi xabar qilinsa, azon 
aytish mumkin 
Solim ibn Abdullohping otalari Abdulloh ibn Umar quyidagi hadisni aytib berdilar: 
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bilol (bomdod namozi uchun) juda erta azon 
aytg‘aydir. Sizlar Ibn Ummi Maktum azon aytguncha yeb-ichib o‘tiraveringiz»,— dedilar. 
Ibn Ummi Maktum ko‘zi ojiz odam erdi. Biror kishi unga: «Tong otdi, tong otdi» deb 
aytmaguncha, azon aytmas erdi». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling