Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
125
Abdulloh ibn Umar quyidagi hadisni aytib berdilar: «Rasululloh
sallallohu alayhi va
sallam: «Bilol kechasi (juda erta) azon aytg‘aydir, sizlar Ibn Ummi Maktum azon
aytg‘uncha yeb-ichaveringiz»,— deganlar».
13-bob. Bomdoddan avval azon aytmoq
Abdulloh ibn Mas’ud bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bilol azon
aytganda birortangiz saharlik qilmoqdan to‘xtamangiz, chunkim muazzin uxlab
yotganlarni uyg‘otmoq uchun, uyg‘oqlarni namozga chorlamoq uchun qorong‘uda azon
aytg‘aydir»,— dedilar. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi
va sallam barmoqlarini
osmonga ko‘tarib pastga tushirdilar-da, «Bu hali tong otganini anglatmag‘aydir, mana
bundoq bo‘lsa, tong otgan bo‘lur»,— deb barmoqlarini endi ufq bo‘ylab yurgizdilar»
(ya’ni, quyosh nurlari avval tikkasiga taralg‘aydir,
bu tong otdi, degani ermas, nur
ko‘ndalangiga taralsagina tong otgan hisoblang‘ay).
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Oisha onamiz bundoq degandilar»,— deydilar: «Rasululloh
sallallohu alayhi va. sallam: «Bilol kechasi azon aytg‘aydir.
Sizlar Ibn Ummi Maktum
azon aytguncha,
yeb-ichaveringiz,—deganlar».
14-bob. Azon bilan takbir orasida qancha vaqt bor? Namoz o‘qishning
Do'stlaringiz bilan baham: