Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Hayz ko‘rmagan va hayz ko‘rgan xotinlarning namozga chiqishi


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

15-bob. Hayz ko‘rmagan va hayz ko‘rgan xotinlarning namozga chiqishi 
Ummu Atiyya: «Paranji yopinadigan qizlarimizga ham (hayit) namoziga chiqmoqni 
buyurishar erdi» ,— deydilar. 
Hafsa onamiz mazkur hadisga qo‘shimcha qilib: «Endigina bo‘yiga yetgan (hali 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
191
turmushga chiqmagan) qizlarga ham, paranji yopinadirgan qizlarga ham hayit namozida 
qatnashmakni buyurishar erdi. Hayz ko‘rgan ayollar namozgohdan chetroqda turar 
erdilar»,- deydilar. 
16-bob. Yosh bolalarning namozgohga chiqmog‘i 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
birlan birga Ro‘za hayiti yokim Qurbon hayiti kuni namozgohga chiqdim (men yosh bola 
erdim). Hayit namozini o‘qib bo‘lib, (erkaklarga) xutba aytdilar, so‘ng xotinlar oldiga 
borib, ularga ham va’z aytib, nasihat qildilar hamda ularni sadaqa bermakka da’vat 
qildilar». 
17-bob. Hayit namozi o‘qilgandan keyin imomning odamlarga qarab xutba 
aytmog‘i 
Abu Sa’id: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga qarab xutba aytdilar»,- 
deydilar. 
Barro raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qurbon 
hayitida ikki rak’at hayit namozi o‘qigach, bizga qarab: «Bizning bugun qiladirgan 
birinchi qurbonlig‘imiz - eng avvalo namoz o‘qimoqdir, keyin ersa, qo‘y so‘yib qurbonlik 
qilg‘aymiz. Kimki shunday qilg‘aydir, bizning sunnatimizni ado etgan bo‘lur, ammo kimki 
hayit namozidan avval qo‘y so‘ysa, o‘z oilasiga go‘sht tayyorlab bergan bo‘lur. 
Qurbonlikka buning hech aloqasi yo‘qdir!»-dedilar. Shunda bir kishi turib: «Yo 
Rasululloh, men hayit namozidan avval qo‘y so‘yib qo‘yibdirman. Menda yana ikki 
yashardan yoshroq bir echki bolasi bordir»,-dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«O’shani so‘ya qolg‘il, lekin bu sendan keyin biror kishiga ruxsat etilmag‘aydir! - dedilar. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling