Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Makka birlan undagi binoning fazilati haqida


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet385/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

42-bob. Makka birlan undagi binoning fazilati haqida 
Olloh taolo bu xususda bunday deydir: «Biz Ka’bani odamlar uchun har yili 
to‘planadirgan joy qilib berdik va unga tinchlik-omonlik baxsh etdik, shundoq erkan, 
Ibrohim Maqomini o‘zingizga namozgoh qilib olingiz! Biz Ibrohim va Ismoilga «Uyimni 
(Baytullohni) tavof va e’tikof etguvchilar uchun hamda ruku’ va sajda qilmoq uchun 
pokiza qilingiz!» deb topshirdik. Ibrohim: «Yo rabbiy, bu yurtni tinchlik-omonlik 
maskaniga aylantirg‘il, uning Ollohga iymon keltirgan, oxirat kuniga ishongan ahliga 
ne’matingni bisyor qilgil!» - deb iltijo qilgan erdi. Olloh taolo: «Kim kofir bo‘lsa, kam 
ne’mat berg‘aymen, so‘ng ularni do‘zax azobiga mubtalo qilg‘aydirmen»,- degan. Oxirat 
qanchalik dahshatlidir! Eslangiz, Ibrohim va Ismoil Ka’baning poydevorini qurayotib: «Yo 
rabbimiz, ushbu binomizni qabul aylag‘il, haqiqatan sen o‘zing eshitguvchi, bilguvchi 
zotdirsen! Yo rabbimiz, bizni o‘zingga bo‘yin eggan musulmon banda qilg‘il, 
zurriyotimizni ham musulmon ummat qilg‘il, bizga hajda ado etmog‘imiz lozim bo‘lgan 
udumlarni ko‘rsatg‘il (aytg‘il), bizning tavbalarimizni qabul etg‘il, haqiqatan sen o‘zing 
tavbamizni qabul qilg‘uvchi mehribon zotdirsen!»-deyishgan». 
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Ka’ba qayta qurilayotganda Nabiy sallallohu alayhi 
va sallam birlan Abbos tosh tashimoqqa bordilar (keldilar). Abbos Nabiy sallallohu alayhi 
va sallamga: «Izoringni yechib, yelkangga qo‘yib olg‘il!» - dedilar. Janob Rasululloh 
shunday qilgan erdilar, ko‘zlari tinib, boshlari aylanib, chalqancha yiqilib tushdilar. 
Keyin: «Izorim qani, olib beringiz!» - dedilar. Izorlarini olib berishgan erdi, o‘ranib 
oldilar». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
318
Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zaifalari Oisha raziyallohu anho rivoyatqiladirlar: 
«Nabiy sallallohu alayhi va sallam menga: «Qavming Ka’bani qayta qurgan vaqtda 
Ibrohim qurgan poydevorni pasaytirganlarin bilmasmisen?» - dedilar. Men: «Yo 
Rasululloh, Ibrohim qurgan poydevorni asliga keltirib qo‘ymasmisiz?» - dedim. Janob 
Rasululloh: «Agar qavming yaqindagina kofir bo‘lmaganda erdi, shundoq qilgan bo‘lur 
erdim»,- dedilar». 
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Agar Oisha raziyallohu anho bu 
hadisni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitgan ersalar, unda Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam hijr (devor) yaqinidagi ikki ustunni silab, o‘pmaganlar, 
deyolmasman, chunki Ka’baning poydevori Ibrohim davridagidek qilib, asliga 
keltirilmagan». 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan: 
«Ka’ba devori ichkariga olinadirmi?» - deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Ha»,- dedilar. 
Men: «Nechuk ular devorni Ka’ba ichiga olmaganlar?»-dedim. Janob Rasululloh: 
«Qavmingga nafaqa kamlik qilgan»,- dedilar. Men: «Nechun eshigi baland qilib 
qurilgan?» - dedim. Janob Rasululloh: «Qavming o‘zlari istagan kishilarni kiritib, 
istamaganlarini qo‘ymaslik uchun shundoq qilishgan. Agar qavming johiliyadan chiqib, 
endigina islomga qadam qo‘ygan bo‘lmaganida, devorni buzib, Ka’ba ichkarisiga olar 
erdim, eshigini ersa, yerga yopishtirib (ostonasini past qilib) qurar erdim, lekin ularning 
qalblari inkor qilmog‘idan (fe’llari aynib, islomdan qaytib qolmoqlaridan) 
cho‘chig‘aydirmen».-dedilar». 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: 
Agar qavming yaqindagina kofirlikni tark etib, endigina islomga qadam qo‘ygan 
bo‘lmaganida erdi, men Ibrohim alayhi-s-salot va-s-salom davridagi poydevorni tiklab. 
Ka’bani qayta qurgan bo‘lar erdim. Quraysh ahli binoni past qurib qo‘ydi. Men orqadan 
ham eshik qurgan bo‘lar erdim»,- dedilar». 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ey Oisha, 
agar qavming johiliyadan chiqib, endigina islomga qadam qo‘ygan bo‘lmaganida, men 
Ka’bani shaksiz buzmoqqa amr qilur erdim, undan nimaiki tashqariga olib chiqib qurilgan 
bo‘lsa, ichkariga olar erdim, mavjud eshik ostonasini pasaytirib, yana ikkita - mashriq va 
mag‘rib tomondan eshiklar ochar erdim. Imoratning poydevorini Ibrohim alayhi-s-salot 
va-s-salom davridagidek qilib qurar erdim»,- dedilar. 
Mana shularning hammasini buzmoq Ibn Zubayr zimmasiga tushdi. Yazid raziyallohu 
anhu: «Men Ibn Zubayr Ka’bani buzib, yangidan barpo qilganining shohidi bo‘lganman, u 
hijrning (devorning) bir qismini Ka’ba ichkarisiga oldi, keyin men Ibrohim qurgan 
poydevor toshini ham ko‘rdim, u tuya o‘rkachiga o‘xshar erkan»,- deydilar. Jarir 
raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Yaziddan eski poydevorning qaerdaligini 
so‘radim. Ul kishi: «Hozir senga ko‘rsatg‘aymen»,-dedilar-da, meni hijr ortiga olib o‘tib, 
«U mana shul yerdadir»,- deb ko‘rsatdilar. Men poydevorning kengligini taxminan olti 
ziro’ (1 ziro’. 75 sm) deb chamaladim». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling