Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy  www.ziyouz.com


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet411/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   407   408   409   410   411   412   413   414   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
338
105-bob. Yo‘lda jonliq sotib olgan kishi haqida 
Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu otalariga: «Bu 
yil haj qilmay turingiz, chunkim men odamlar o‘rtasida urush bo‘lmasligiga amin 
emasman, (kofirlar) sizni Ka’baga qo‘ymasliklari mumkin»,-dedi. Otalari: «Shunday 
qilynsa, unda men Janob Rasululloh singari ish tutgaydirman. Olloh taolo: «Rasulullohda 
sizlar uchun yaxshi ibratlar mavjuddir»,- deydir. Men sizlarni guvoh qilib, o‘zimga 
umrani vojib etdim, deb e’lon qilg‘aymen»,- dedilar. Shundan keyin, ul kishi umraga 
ehrom bog‘ladilar. Keyin, Baydo’ga kelib, bir yo‘la ham haj, ham umraga tahlil aytdilar-
da: «Haj ham, umra ham bir xil savobga molikdir»,- dedilar, Keyin, Qudayddan jonliq 
olib, Makkaga keldilar, so‘ng haj va umra uchun Ka’bani bir marotaba tavof qildilar, haj 
va umrani to‘la-to‘kis ado etmagunlaricha ehromlarini yechmadilar». 
106-bob. Zulhulayfada tuyasining bo‘yniga kavsh osib, qurbonlik ekanligini 
belgilab qo‘ygan kishi xususida 
Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Madinadan jonliq tuya haydab 
kelsalar, Zulhulayfada uni qiblaga qaratib cho‘ktirib, belgi sifatida (bo‘yniga) kavsh osib 
qo‘yardilar, keyin o‘rkachiga pichoq sanchib, atrofiga qon birlan chiziq chizar erdilar». 
Misvar ibn Maxrama va Marvon rivoyat qilishadir: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir 
necha yuz sahobalari birlan yo‘lga chiqdilar. Zulhulayfaga yetganlarida tuyalari bo‘yniga 
kavshlarini osib, ham o‘rkachini qonatib, qurbonlik ekanligini belgilab qo‘ydilar, so‘ng 
umraga ehrom bog‘ladilar». 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning tuyalari 
bo‘yniga belgi bog‘lamoq uchun o‘z qo‘lim birlan ip yigirib berdim. Janob Rasululloh u 
birlan belgi bog‘ladilar, keyin o‘rkachini qonatib, chiziqlar chizib qo‘ydilar-da, (hajga) 
jo‘natdilar. Shunda, ul kishi hajda qilinmaydirgan ishlardan mahrum bo‘lmadilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   407   408   409   410   411   412   413   414   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling