Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Umra qilgandan keyin sochni qisqartirmoq haqida


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet419/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

128-bob. Umra qilgandan keyin sochni qisqartirmoq haqida 
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelganlarida 
sahobalarga Ka’ba hamda Safo va Marvani tavof aylamakni, so‘ng ehromlarini yechib
sochlarini oldirmakni yokim qisqartirmakni amr qildilar», - deydilar. 
129-bob. Nahr kuni tavof qilmoq haqida 
Abu Zubayr: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam (Nahr kuni) tavof aylamakni 
kechqurunga qoldirdilar»,- deydilar. 
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Minodan oldin Ka’bani 
tavof qilar erdilar»,- deydilar. 
Ibn Umar raziyallohu anhu: «(Nahr kuni) Janob Rasululloh (Ka’bani) bir marta tavof 
ayladilar, endi, qaylula qilib olgach, Minoga borgaydirlar»,-dedilar. 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga 
hajga chiqib, Nahr kuni tavofi ifoza qildik. O’sha kuni Safiyya hayz ko‘rib qoldi. Men buni 
Janob Rasulullohga aytgan erdim, ul kishi: «Bizni yo‘ldan qoldiradirgan bo‘libdir-da»,- 
dedilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasululloh, u (Safiyya) Nahr kuni tavofi ifoza qilib olgan 
erdi»,- deyishdi. Janob Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, yo‘lga chiqingiz!»- dedilar-da, 
Safiyyaga vidolashuv tavofini qilmaslikka ijozat berdilar». 
Oisha raziyallohu anho: «Nahr kuni Safiyya tavofi ifoza qildi»,- deydilar. 
130-bob. Kechqurun tosh otib qo‘ysa yoki zabh qilmoqdan oldin sochini 
bilmasdan (yoki unutib) oldirib qo‘ysa... 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan zabh 
qilmoq, soch oldirmoq yokim tosh otmoqni birining o‘rniga ikkinchisini almashtirib 
bajarish to‘g‘risida so‘rashganida, ul kishi: «Bularning o‘rnini almashtirsa, zarari 
yo‘qdir»,- dedilar». 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nahr kuni Minoda Nabiy sallallohu alayhi 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
345
va sallamga savollar berishar erdi, ul kishi barchasiga ham: «Bo‘laverg‘aydir»,- deb 
javob berardilar. Bir kishi: «Zabhdan oldin soch oldirib qo‘ydim, endi ne bo‘lg‘aydir?»-
deb so‘rab qoldi. Janob Rasululloh: «Zabh qilaverg‘il, gunohi yo‘qdir»,- dedilar. Boyagi 
kishi yana: «Kechqurun tosh otib qo‘yibdirman»,- dedi. Janob Rasululloh: 
«Bo‘laverg‘aydir»,- dedilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling