Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Download 412.02 Kb.
bet1/18
Sana29.04.2023
Hajmi412.02 Kb.
#1401808
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2-MT





QARSHI INNOVATSION TA’LIM UNIVERSITETI

________________________________________


_________ kurs ______________ guruh talabasi
_____________________________________ning

MUSTAQIL ISHI

BAJARDI: _______________________


TEKSHIRDI:_____________________
QARSHI-2023


ZARARLI ODATLAR. OIV INFEKSIYASI. OITS


REJA:
1. Tamaki chekishning zarari. Nos otishning zarari. Spirtli ichimliklar – salomatlik kushandasi.
2. Giyohvandlik, toksikomaniya .
3. OIV, OIV infeksiyasi va OITS haqida umumiy tushuncha.


ZARARLI ODATLAR VA ULARNING OLDINI OLISH


Inson salomatligini saqlash va mustahkamlash, qolaversa, uzoq umr ko‘rishning yagona yo‘li sog‘lom turmush tarziga amal qilishdir. Sog‘lom turmush tarzining asosiy shartlaridan biri zararli odatlardan, ya’ni ichkilikbozlik, kashandalik, giyohvandlikdan o‘zini tiyishdir. Bu illatlarning kishi tanasiga, sog‘lig‘iga, turmush tarziga ziyoni bisyorligi shubhasizdir.

Chekish


Ko‘pchilik chekishni zararsiz deb hisoblaydi. Bu noto‘g‘ri fikr. Birinchidan, chekishga o‘rganib qolinsa, undan qutulish juda qiyin. Ikkinchidan, chekish oddiy odat bo‘lib qolmay, narkotikka bog‘lanishning bir shaklidir.
Insonga muntazam sigaret chekishiga hech narsa xalal bermaydi va bu ko‘p joylarda ijtimoiy qabul qilingan hol bo‘lib qolmoqda.
Odam chekishga juda tez o‘rganib qolishi mumkin. O‘rtacha hisoblaganda chekuvchi kishi kuniga 200 marta tamaki tutunini ichiga tortadi. Agar u chekishni 15 yoshda boshlagan bo‘lsa bu ra qam oyida 6000, bir yilda 72000, 45 yoshgacha 2000000 ni tashkil etadi.
Tamaki tarkibida kuchli zahar – nikotin moddasi bo‘lib, aholi o‘rtasida ommaviy tus olib borayotgan tamaki chekishning turli usullari natijasida qonga nikotin tushadi. Sigaret tutuni o‘pkaga kirishi bilan, 7 soniyadan keyin miyaga yetib boradi.
Nikotin juda keng ta’sir doirasiga ega. U puls tezligiga, qon ayla nishiga, qonda qand miqdori konsentratsiyasining oshishiga sabab bo‘ladi, miya po‘stlog‘i va o‘rta miyaning qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi, shuningdek, periferik muskullarga bo‘shashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va periferik qon aylanishini pasaytiradi. Nafasni tezlashtiradi, me’da shirasini ko‘paytirib, alkogol gastriti rivojlani shiga sabab bo‘ladi. Tarkibida yonish mahsuloti bo‘lgan tamaki tutuni bilan nafas olinganda arterial qondagi kislorodni kamaytirib yuboradi (kislorod tashuvchi gemoglobin o‘zining kislorodni biriktirib olish faoliyatini yo‘qotadi). U bronxlar shilliq pardasiga ta’sir ko‘rsatib, surunkali bronxit va o‘pka emfizemasiga sabab bo‘ladi. Tamaki chekuvchilar tez-tez yo‘taladigan bo‘lib qolishadi.
Chekish ko‘pincha og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq, bronx va o‘pkaning xavfli o‘smalariga sabab bo‘lishi ham mumkin. Surunkasiga uzoq vaqt chekish tez qarishga sabab bo‘ladi.
Nikotin ateroskleroz, gipertoniya, gastrit, gastroenterokolit, miokardiodistrofiya va ba’zi bir endokrin kasalliklarning kechishini og‘irlashtiradi. Chekishdan voz kechmay turib yara kasalligi, tromboflebit, obliteratsiyalovchi endarteriit, Reyno kasalligi, steno kardiya, miokard infarkti kabi xastaliklardan tuzalish mumkin emas.
Nikotin, ayniqsa, homilador ayollar uchun zararli bo‘lib, bunda bola zaif va kasalmand bo‘lib tug‘iladi. Emizikli ayollarning chekishi ham bola sog‘lig‘iga xavfli ta’sir ko‘rsatadi.
Chekuvchi kishi qonida nikotin miqdori kamayib ketganda ayniqsa chekishni xohlab qoladi. Nikotin bilan birga tamaki tutuni ham a’zolarni zaharlaydi. Shuning uchun chekmaydigan kishilarning chekuvchilar bilan bir xonada bo‘lishi ham zararlidir.
Ko‘pchilik chekishni naqadar zararli ekanligini bilsa-da, lekin buni chuqur idrok etmaydi. Bu o‘rinda chekish turli kasalliklarga, hatto olimga ham sabab bo‘lishi mumkinligini alohida ta’kidlash lozim. Chekish o‘limga sabab bo‘ladigan quyidagi asosiy kasalliklarni keltirib chiqaradi: o‘pka raki, surunkali bronxit, emfizema, yurak kasalliklari. Chekish birmuncha ommaviy tus olgan mamlakatlar misolida tamaki 90% hollarda o‘pka rakida, 75% surunkali bronxit va emfizemada, 25% yurak xastaliklarida o‘limga sabab bo‘lgani isbotlangan.

Download 412.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling