Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Zararli odatlarning profilaktikasi


Download 412.02 Kb.
bet7/18
Sana29.04.2023
Hajmi412.02 Kb.
#1401808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
2-MT

Zararli odatlarning profilaktikasi


Zararli odatlarga, ayniqsa narkomaniyaga qarshi kurashning eng ishonchli yo‘li – bu profilaktikadir. Ma’lumki, har qanday kasallikni davolashdan ko‘ra uning oldini olish osondir. Alkogolizm, giyoh vandlik o‘ta qo‘rqinchli kasallik bo‘lib, ular nafaqat inson salo matligiga putur yetkazadi, balki bemor oilasining buzilib ketishiga sabab bo‘ladi. Oxir-oqibat bunday bemor olamdan ko‘z yumadi. Ushbu kasalliklarning o‘ziga xos «maxsus xususiyati» va «uni davolashning o‘ta og‘irligi» ularning oldini olish keng miqyosdagi bir butun chora-tadbirlarni qo‘llashni talab etadi.
Yoshlar o‘rtasida o‘tkazish mexanizmi quyidagicha zararli odatlar ning profilaktikasiga oid chora-tadbirlar majmuasini o‘tkazish mexanizmi quyidagicha:

  • har bir sinf yoki guruhda 1–2 nafar yetakchi o‘quvchilar, talabalarni aniqlash va ulardan ko‘ngillilar tayyorlash;

  • ko‘ngillilar o‘zining sinfi yoki guruhida har 10 nafar o‘quvchidan tuzilgan guruhlarda darslar, treninglar olib boradi;

  • o‘quvchilar va o‘qituvchilar kuchi bilan davra suhbatlari, semi narlar, suhbatlar, tamaki chekish, alkogolizm va giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha referatlar, rasmlar, badiiy havaskorlik tanlovlari o‘tkaziladi;

  • shifokor-narkolog, militsiya va prokuratura xodimlari ishtirokida har oy maktab hamda mahallalarda giyohvandlikka qarshi kurash yo‘nalishida seminarlar, uchrashuvlar o‘tkazish.

Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida tamaki chekish, alkogolizm va giyohvandlik profilaktikasi ishlari ko‘pqirrali bo‘lishi lozim. Bu ishda tamaki chekish, alkogolizm va giyohvandlikning tarqalishiga qar shi ta’sir mexanizmini yaratish jarayonida jamiyatning barcha qat lamlari ishtirok etishi kerak, aniqrog‘i, tamaki chekish, alko golizm va giyohvandlik profilaktikasi multisektoral xarakterga ega bo‘lishi kerak:

  • maktab va boshqa ta’lim-tarbiya maskanlari (gimnaziya, litsey, kollej);

  • mahalla qo‘mitalari;

  • oila;

  • sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini (poliklinika);

  • huquqni himoya qiluvchi organlar xizmatchilari (uchastka nozirlari).

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha jamiyatning barcha tuzilmalari vakil lari qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitiladi va ularga aholi o‘rtasida tamaki chekish, alkogolizm va giyohvandlik profilaktikasi bo‘yicha ish olib borish huquqi beriladi.
Mashq. Quyidagi mavzularda suhbat-munozara tashkil eting.

  1. Kishilarni chekish, ichish, narkotik moddalarni qabul qilishga nima majbur qiladi?

  2. Zararli odatlardan qanday saqlanish mumkin?

Download 412.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling