Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


OIV infeksiyasi haqida umumiy tushunchalar


Download 412.02 Kb.
bet9/18
Sana29.04.2023
Hajmi412.02 Kb.
#1401808
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
2-MT

OIV infeksiyasi haqida umumiy tushunchalar. OIV infeksiyasi – yuqumli kasallik bo‘lib, uning qo‘zg‘atuvchisi «Odamning immun tanqislik virusi» deb nomlanadi. Ikkilamchi kasalliklar tufayli bemorlar o‘limiga sabab bo‘ladigan immun tizimining zararlanishi – orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) nomi bilan ta’riflanadi.
OIV infeksiyasining asosiy xususiyati uning uzoq vaqtgacha klinik belgilarsiz kechishi va bu kasallik virusini yuqtirgan shaxslar uzoq yillar davomida o‘zlarini sog‘lom his qilib, boshqalarga virusni yuqtirishlari mumkin. Bunday kishilar OIV infeksiyasini yuqtirganlar deyiladi va ularda hali OITS rivojlanmagan bo‘ladi.
OIV infeksiyasi, asosan, odamning immun tizimini zararlaydi, shu tufayli u o‘z hayoti davomida turli yuqumli kasalliklar va xavfli o‘sma kasalliklari oldida himoyasiz bo‘lib qoladi.
OIV infeksiyasi to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish uchun quyidagi qisqartmalarga ahamiyat berish zarur.
OIV – odamning immunitet tanqisligi virusi.
OIVni yuqtirganlar – odamning immunitet tanqisligi virusini yuq tirib yashab yurgan shaxslar.
OITS – orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi – kasallikning o‘ziga xos belgilari shakllangan davr, OIV infeksiyasining terminal (so‘nggi) bosqichi.
Kasallik keltirib chiqaruvchi virusning xususiyatlari. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi odam immuntanqislik virusi – OIV hisoblanadi.
Virus tashqi muhitga chidamsiz bo‘lib, barcha zararsizlantiruvchi erit malarda halok bo‘ladi. Virus quyish uchun mo‘ljallangan qonda yillar davomida faolligini yo‘qotmaydi, muzlatilgan zardobda esa uning faolligi 10 yilgacha saqlanadi. OIV dezinfeksiyalovchi modda lar va ultrabinafsha nurlari ta’sirida tezda nobud bo‘ladi; virus 56°C haroratda 30 daqiqa davomida, qaynatilganda esa, 1–2 daqiqada nobud bo‘ladi. Qon qoldiqlarida esa o‘rtacha 15 sutkagacha saqlanadi.
Kasallikning epidemiologiyasi. Kasallikning manbayi bemor va odam immunitet tanqisligi virusini yuqtirgan shaxslardir. Kasallik virusini yuqtirgan, lekin kasallik belgilari yuzaga chiqmagan shaxslar bemorlarga nisbatan xavfliroqdir. Chunki ularda hech qanday kasallik alomatlari sezilmaydi, hatto o‘zining virus bilan zararlan ganligini ham bilmaydi. Ko‘rinishdan sog‘lom ko‘rinadi va bu davr da (2–5 oydan 5 yilgacha va undan ko‘proq muddat) boshqa odam larga kasallik virusini yuqtirishi mumkin. Kasallikning dastlabki haftalarida virus quyidagi biologik suyuqliklar: qon, erkak urug‘ suyuqligida, qin ajratmalari, ayollar hayz qoni, ona sutida pay do bo‘la boshlaydi va bemorning butun hayoti davomida saqlanadi.
Kasallik hamma kishilarga yuqishi mumkin, lekin bu kasallik ko‘proq yoshlar orasida uchramoqda.
Kasallikning tarqalishi fasl bilan bog‘liq emas va u, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatilmoqda.

Download 412.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling