Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar


Download 412.02 Kb.
bet12/18
Sana29.04.2023
Hajmi412.02 Kb.
#1401808
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
2-MT

Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar


Aholi o‘rtasida jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarning tarqalishi ijtimoiy, tibbiy, biologik va ekologik omillarga bog‘liq. Alkogol iste’mol qilish, narkotik moddalarni qabul qilish, erta jinsiy aloqani boshlash bu kasalliklarni ba’zan o‘smirlar orasida ham ko‘payishiga olib kelmoqda.
Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarning etiologiyasi va epidemiologiyasi. Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarga siydiktanosil xlamidiozi, mikoplazmozi, trixomonaz va tanosil (venerik) kasalliklar: zaxm, so‘zak kiradi. Bu kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari mayda gramm-manfiy kokklar shaklidagi xla midiyalar, mikoplazma lar, qin trixomonadasi va oqish treponema, gonokokklar hisoblanadi. Infeksiya manbayi esa bemor odam bo‘lib, qo‘zg‘atuvchi sog‘lom odamga, asosan, jinsiy yo‘l bilan, ba’zan 2–8 yoshdagi qizlarga so‘zak bilan og‘rigan onalari, qarindoshlari yoki ularning parvarishida ishtirok etgan ayollardan muloqot-maishiy yo‘l (ifloslangan vanna, sochiq, oqliqlar) bilan yuqishi mumkin.
Kasalliklarning klinik belgilari. Bu kasalliklar o‘tkir, ba’zan sekin-asta boshlanishi, boshqa bir bemorlarda esa belgilarsiz ham kechi shi mumkin. Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarning barcha siga qorinning pastki qismida og‘riq, tez-tez og‘riqli siyish, harorat ning yuqori ko‘tarilishi, ba’zan ko‘ngil aynib qayt qilish, jinsiy a’zo lardan, ba’zi kasalliklarda esa peshob bilan yiringli, ko‘pikli, qonli ajralmalar ajralishi kuzatiladi. Zaxm kasalligining birinchi davrida esa qattiq shankr – oqish treponema kirgan teri yoki shilliq qavat soha sida chegaralangan infiltrat (shish) paydo bo‘lishi bilan boshla nadi. Limfa tugunlari kattalashadi. Kasallikining ikkinchi davrida badanning turli sohalari terisiga har xil morfologik xarakterga ega bo‘l gan toshmalar toshadi. Bemorning to‘la yoki butunlay davolanmasligi natijasida zaxmning uchlamchi davri rivojlanadi. Bunda teriga turli toshmalar toshib, teri ostida zaxm gummasi paydo bo‘ladi.
Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarni davolash. Bu kasalliklarning davosi uzoq vaqt, qunt bilan olib borilishi ke rak. Bemorlarni davolashda maxsus davo sifatida antibiotiklar (penitsillin, dok silan), sulfanilamid preparatlar (metrogil, sulfadi metoksin), vitamin lar, biogen stimulatorlar, (aloe ekstrakti, sple nin), immunitetni oshiruvchi preparatlar (dekaris, metilurasil) qo‘llaniladi.

Download 412.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling