Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Ijtimoiy-ekologik vaziyatlarning sog‘lom avlodni voyaga yetkazishga ta’siri


Download 412.02 Kb.
bet14/18
Sana29.04.2023
Hajmi412.02 Kb.
#1401808
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2-MT

Ijtimoiy-ekologik vaziyatlarning sog‘lom avlodni voyaga yetkazishga ta’siri


Inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar zamonlar o‘tib turli mazmun va mohiyat kasb etib kelgan. Agarda ibtidoiy kishilar o‘zla rini tabiatning bir bo‘lagi sifatida his etib yashagan bo‘lsalar, insoniyat sivilizatsiyasi esa tabiatni bo‘ysundirishga harakat qilgan.
XXI asrga kelib insoniyatni tashvishga solayotgan dolzarb muammolardan biri – atrof tabiiy muhit holatini saqlash, uni yaxshilash va kelajak avlodlarimizga ham qoldirish masalasidir.

Ekologiya nima


Ekologiya nima va nima uchun biz XXI asrda uning ham nazariy, ham amaliy yechimini topishga harakat qilib qoldik? Nega ushbu muammo deyarli ko‘pgina ta’lim bosqichlarida, madaniy hordiq chiqarayotgan joylarda, xalqaro uchrashuvlarda va hattoki, biznes-shoularda ham qizg‘in muhokama mavzusiga aylanib qoldi. Dunyoning barcha mintaqalarida ekologik yo‘nalishdagi turli ko‘rinish, shakl va hajmga ega bo‘lgan kitoblar, jurnallar, risola-yu maqo lalar, o‘quv adabiyotlari millionlab nusxada chop etilmoqda. Unga oid yangiliklar va ma’lumotlarni aholiga yetkazish uchun barcha turdagi zamonaviy axborot texnologiyalari qo‘llanilmoqda. Bular ning barchasiga qaramay hanuzgacha «ekologiya nima o‘zi» degan savolga bir xilda javob topish qiyin.
Zamonamizda ekologiya so‘zi kompyuter, informatika, huquq, qonun, davlat kabi eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlardan biridir. Shunday ekan, ekologiya nima o‘zi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Chunki o‘rta asrlarda «Teologiya», ya’ni din haqidagi ta’limot qanday ommalashgan bo‘lsa, hozirgi kunda «Ekologiya» ham shunday keng tarqalgan.
An’analarga ko‘ra, ekologiya – tirik organizmlarning o‘zaro va ularning yashash muhiti bilan bo‘ladigan munosabati haqidagi fan, deb yuritiladi. Bu ma’no uning grekcha atamasidan kelib chiqqan bo‘lib, grekchada «oikos» – uy, yashash joyi, yashash muhiti, «logos» – ta’limot degan ma’noni anglatadi. Uni birinchi bo‘lib fanga nemis tabiatshunos olimi Ernest Gekkel 1866-yilda chop etilgan o‘zining «Organizmlarning umumiy morfologiyasi» degan kitobida olib kirdi. Uning ta’rifiga ko‘ra, «Ekologiya – tabiatni iqtisodiy jihat dan tadqiq qilish orqali hamma tirik organizmlarning organik va noorganik muhit elementlari bilan birga, uning ta’sir doirasida turgan antagonistik va noantagonistik aloqadorlikda bo‘lgan o‘simlik va hayvonot dunyosi o‘rtasidagi munosabatlarni ochib berishi»dir.
E. Gekkel «ekologiya» so‘ziga ta’rif berar ekan, inson tomonidan «tabiatni iqtisodiy tadqiq qilish» degan iborasi biz uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki u tabiatni son jihatdan ifodalanishi inson iqtisodiyotiga nechog‘liq bog‘liqligini ifoda etdi. E.Gekkel birlamchi kapital ko‘pincha «tabiatga salb yurish» orqali jamg‘ariladi, degan edi.
E.Gekkeldan so‘ng ekologiya iborasiga minglab o‘zgartirishlar kiritildi. Nima bo‘lganda ham hanuzgacha uning birlamchi tushunchasi umumiy tarzda saqlanib qolindi. Turli fikrlarni umumlashtirgan holda ekologiyani noevolutsion tarzda rivojlanuvchi tabiat tizimi dagi tirik organizmlar va ularning atrof-muhiti bilan bo‘ladigan munosabatlariga doir qonuniyatlarni tadqiq qiluvchi fan tarmog‘i, ularga oid bilimlarni beruvchi ta’lim yo‘nalishi, ularni optimallashtiruvchi xalq xo‘jaligi sohasi, deyish mumkin.

Download 412.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling