Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Tabiat, inson, jamiyat, davlat va hamjamiyat


Download 412.02 Kb.
bet16/18
Sana29.04.2023
Hajmi412.02 Kb.
#1401808
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2-MT

Tabiat, inson, jamiyat, davlat va hamjamiyat


Asrlar davomida buyuk allomalar tabiat, inson, jamiyat, davlat va hamjamiyat nima, ular o‘rtasida qanday bog‘lanish bor, degan savolga javob qidirib kelganlar. Inson tirik organizm sifatida boshqa tabiiy obyektlardan tubdan farq qilishi hamda uning buyuk kuchqudrati odamzodga alohida bir mavjudot sifatida qarashga majbur etdi. Ayniqsa bunday dunyoqarash, XX–XXI asrlar, ya’ni ilmiytexnika yutuqlari davriga kelib avjiga chiqdi. «Tabiat ustidan g‘alaba» ga erishgan insonga barcha ilm-u fam tarmoqlarida alohida bir kuch-qudrat sifatida qaraladigan bo‘ldi. Lekin u aslida alohida bir «individ» yoki hech kimga bo‘ysunmaydigan «hokim» emas, inson tabiatning bir bo‘lagi, «tabiat oshxonasining bir anjomidir». Insonni hech qachon tabiatdan va uni o‘rab turuvchi atrof tabiiy muhitdan ajratib bo‘lmaydi.
Falsafada tabiatni – obyektiv borliq, ya’ni bizni o‘rab turuvchi olam va uning xilma-xil shakllari, deb tushuniladi. Amaliyotda yoki tabiiy fanlarda uni kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish manbayi bo‘lgan atrof tabiiy muhit deb qaraladi. Falsafiy yoki astronomik nuqtayi nazardan qaraganda son-sanoqsiz yulduzlar, osmon va uning cheksiz kengliklari, albatta, inson ishtroki siz yuzaga kelgan va tabiiydir. Lekin jonzotlar, jumladan, insonlar ham o‘zlarining kundalik hayotiy faoliyatlarida ulardan foydalanmaydilar va ulardagi jarayonlarga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydilar. Balki barcha tirik mavjudot o‘zlarini o‘rab turuvchi havo (to‘g‘rirog‘i, atmosfera havosi), suv, yer, yerosti boyliklari, o‘simlik va hayvo not dunyosi kabi tabiat ne’matlaridan foydalanadilar va ularga ta’sir etadilar.
Inson. Yer kurrasining jonli qobig‘i – biosferada yashovchi orga nizmlar turkumiga kiruvchi, lekin murakkab hayotiy faoliyat yurituvchi individdir. U ongining yuqoriligi, nutqining rivojlanganligi, ijodiy faolligi, takomillashgan mehnat qurollarini yarata olishi, axloqiy, ma’naviy hamda ruhiy o‘z-o‘zini anglay olishi bilan boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi. Insonlarning ma’lum bir hududda tarixan qaror topgan guruhi yoki uyushmasi – jamiyatdir. Xuddi ana shu insonlar jamoasi tabiat bilan uzviy munosabatda bo‘ladi.
Insonning yakka o‘zi uncha katta kuch emas, ammo ularning ongli ravishda biror-bir maqsadni ko‘zlab, takomillashtirilgan mehnat qurollaridan foydalangan tarzda uyushgan holdagi jamoasining tabiatga bo‘lgan munosabati ko‘p narsani belgilab beradi. Agar jami yat o‘z kundalik ehtiyojlarini qondirishni faqat tabiatdan izlashni maqsad qilib olsa, atrof-tabiatda juda sezilarli darajada salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi hech gap emas. Aksincha, ushbu jamiyat kuchi tabiatni yaxshilashga, undan oqilona foydalanishga qaratilgan bo‘lsa, u holda atrof tabiiy muhitda ijodiy o‘zgarishlar yuzaga kelishi ham mumkin.
Insonlarning, to‘g‘rirog‘i fuqarolarning, muayyan ma’muriy hududda uyushgan qismi, ya’ni davlat orqali salbiy yoki ijobiy jarayonlarga hudud orqali ta’sir etishi tabiatni, xususan, atrof tabiiy muhitni keskin o‘zgartirib yuborishi muqarrardir. Lekin atrof tabiiy muhitni ma’lum bir mamlakatda, salbiy yoki ijobiy o‘zgarishi hozirgi ilmiy-texnik inqilob davrida, albatta, o‘zga davlat yoki davlatlarga, ya’ni hamjamiyatga bevosita bog‘liqligi isbot talab etmaydi. Buni Chernobil AES falokatining global miqiyosdagi atrof tabiatga bo‘lgan salbiy ta’siri yoki Amazonka daryo havzasidagi tropik o‘rmon zorlarning atmosfera havosiga bo‘lgan ijobiy ta’siri orqali misol qilib ko‘rsatish mumkin. Xullas, inson, jamiyat, davlat va ham jamiyat o‘zaro izviy bog‘langan, biri ikkinchisidan, ikkinchisi uchinchisidan, uchinchisi to‘rtinchisidan yoki aksincha kelib chiqadigan kishilik jamiyatining turli shakllaridir. Ular doimo atrof tabiiy muhiti bilan uzviy bog‘liqdir.

Download 412.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling