Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Kasallikning klinik belgilari


Download 412.02 Kb.
bet11/18
Sana29.04.2023
Hajmi412.02 Kb.
#1401808
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
2-MT

Kasallikning klinik belgilari. Kasallikning klinik kechishi boshqa yuqumli kasalliklardagi singari, bir necha davrlarga bo‘linadi. Kasallikning yashirin davri – bu davr OIV infeksiyasini yuqtirib olgandan keyin hech qanday klinik belgilarsiz 8–12 hafta, hatto 5–10 yilgacha davom etishi mumkin. Bu davr epidemiologik jihatdan eng xavfli davr hisoblanadi, chunki bu paytda virus qonda sezilarli darajada bo‘lmagani uchun, OIV bilan zararlangan odam muayyan vaqtgacha virusning tasirini sezmaydi va kasallikni o‘zi bilmagan holda boshqalarga yuqtirib yurishi mumkin.
O‘z meyorida ishlab turgan immunitet tizimi (kasallikka qarshi kurash qobiliyati) yillar davomida virusning tajovuzini bosib turadi, lekin vaqt o‘tishi bilan, virus qonda ko‘payib, asta-sekin immunitet tizimini izdan chiqaradi hamda organizm virusga qarshi kurashish xususiyatini yo‘qotadi. Bunday sharoitda virus organizmda qarshiliksizlik ko‘payib boradi. Ko‘p yillar davomida muvozanat saqlanadi. Lekin borib-borib bu muvozanat buziladi, ma’lum darajaga yetgandan so‘ng OITS kasalligi boshlanadi.
OIV infeksiyasining dastlabki klinik ko‘rinishi grippga xos belgilar bilan kechadi. Bunda kamquvvatlik, ishtahaning pasayishi, ko‘p terlash, tana haroratining ko‘tarilishi, limfa bezlari, jigar, taloqning kattalashuvi kuzatiladi. Bo‘g‘inlarda og‘riq, bemor terisida har xil toshmalar paydo bo‘ladi, yo‘tal, sababsiz ich ketishi bosh lanadi va bu hol uzoq muddat davom etishi mumkin. Qon OIV kasal ligini aniqlash uchun tekshirilganda musbat natija kuzatiladi. Bemor turli kasalliklarga beriluvchan bo‘lib qoladi va bu holat tez-tez qaytalanib turadi.
OITS – OIV infeksiyasining oxirgi bosqichi hisoblanadi, bu bosqichda immunitetning keskin susayib ketishi opportunistik infeksiyalar va o‘sma kasalliklarining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Chuqur immunitet tanqisligi aniqlanadi. Kasallik to‘xtovsiz kucha yib bor sa terminal bosqich boshlanadi va davolash tadbirlari o‘tkazilganda ham yakuniy natija bemorning o‘limiga olib keladi.
OIV kasalligini davolash. OIV infeksiyasini butunlay davolash imkoni hali ham mavjud emas. Shu sababli bemorlar butun umrlari davomida tibbiy yordamga muhtoj bo‘ladilar. OIV bilan zararlangan va OITS kasalligiga chalingan bemorlar barcha fuqarolar kabi davolash-profilaktika muassasalarida rejali shoshilinch yoki ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning hamma turlaridan foydalanish huquqiga egadirlar. Hozirgi kunda butun dunyoda kasallikni maxsus davolash usuli (retrovirusga qarshi terapiya) amaliyotga tadbiq qilingan bo‘lib, muolajalar natijasida OIVni yuqtirgan odamlar umri uzayadi, hayot tarzi yaxshilanadi va boshqalarga kasallikni yuqtirish xavfi pasayadi. Bu usul Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Download 412.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling