Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Download 412.02 Kb.
bet2/18
Sana29.04.2023
Hajmi412.02 Kb.
#1401808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2-MT

Alkogolizm


Alkogolizm – spirtli ichimliklarni doimiy ravishda suiiste’mol qiluvchi kimsalarda kelib chiquvchi kasallik bo‘lib, ularga psixologik (yengib bo‘lmas xirs) va jismoniy (qabul qilish to‘xtagach, abstinent sindromning kelib chiqishi) bog‘liqliklar keltirib chiqaradi. Kasallik uzoq vaqt cho‘zilganda, kuchli psixik va somatik o‘zgarishlar kelib chiqadi.
Spirtli ichimliklarga psixologik va jismoniy bog‘liqlik paydo bo‘lishida quyidagi sabablarni sanab o‘tish mumkin:

  1. Ijtimoiy sabablar – shaxsning axloqiy tarbiyasi, stresslar, informatsion zo‘riqishlar.

  2. Biologik sabablar – nasliy moyillik.

  3. Psixologik sabablar – shaxsning ruhiy his-hayajonli holati.

Uning ijtimoiy moslashishi, stresslarga chidamliligi.
Alkogolizm kasalligi kechishiga ko‘ra uch davrga bo‘linadi.

  1. Kompensatsiyalanuvchi.

  2. Narkomanik.

  3. Terminal (dekompensatsiyalanuvchi).

Oxirgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, etil spirti ta’sirida bosh miya to‘qimalarida kimyoviy tuzilishi va elektrik faolligi o‘zgarishi natijasida alkogolni suiiste’mol qiluvchi kimsalarda spirtli ichimliklarga yengib bo‘lmas moyillik paydo bo‘ladi. Etil spirti hujayralar membranasi bilipid qatlami o‘tkazuvchanligini buzadi. Natijada hujay ra yashashi va tinmay bo‘linishi uchun kerak bo‘lgan oziq moddalar transporti buziladi.
Etil spirti parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan sivush yog‘lari va asetaldegid gematoensefalitik to‘siqdan o‘tgach, dofamin va noradrenalinga ajralishi kuchayadi. O‘z o‘rnida ular sivush yog‘lari va asetaldegidlar bilan birikib, markaziy nerv sistemasiga psixostimullovchi hamda gallutsinogen ta’sir ko‘rsatadi.
Alkogolizmning sabablari. Alkogolizmning etiologik omili alko goldir. Uni millionlab kishilar iste’mol qiladilar. Lekin alkogolizm bilan faqat 3–10% kishilar kasallanadi. Demak, xastalikning paydo bo‘lishi uchun faqat alkogolning o‘zi yetarli bo‘lmay, uning rivojlanishiga qandaydir qo‘shimcha omillar zarur bo‘lar ekan.
Mazkur omillarga ko‘pchilik olimlar ijtimoiy, ruhiy va fiziologik omillarni kiritadilar. Ijtimoiy omillarga butun bir kompleks sabablar jam bo‘lib, unda shaxsning ma’lumoti, oilaviy ahvoli, moddiy ta’minoti, jamiyatda tutgan o‘rni, davlatning alkogolizmga munosabati va boshqalar hisobga olinadi.
Ko‘p hollarda chala savodli, madaniyati past kishilar ichkilikka ruju qo‘yadilar, deb hisoblanardi. Biroq, so‘nggi izlanishlar shuni ko‘r satdiki, oliy ma’lumotlilar ham spirtli ichimliklarni ko‘p miqdor da iste’mol qilar ekanlar. Bunga odat tusiga kirib qolgan an’analar sharoit yaratib beradi. Xususan, do‘stlar bilan uchrashuv, har xil bayram va tantanalar, odatda, ichkilik ichish bilan o‘tkaziladi. Mayxo‘rlarning ko‘pchiligini bo‘ydoqlar, so‘qqaboshlar tashkil etishi isbotlangan.
Alkogolizmning dastlabki bosqichlarida moddiy ahvol ma’lum ahamiyatga ega, keyinchalik esa alkogolizm rivojlanib borishi bilan shaxsning jamiyatdagi o‘rni o‘zgaradi, ijtimoiy pog‘onada pasayish yuz beradi. Ish haqining kamayishi yoki butunlay yo‘qqa chiqishi bilan iste’mol qilinadigan ichimlikning faqat navi va narxigina o‘zgaradi.
Alkogolizmning o‘sish suratiga tashqi muhit, xususan, atrofdagilar (oila a’zolari, o‘rtoqlar)ning zararli odatlarga ruju qo‘yganliklari, an’analar ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, o‘sib kelayotgan bola organizmi atrof-muhit ta’siriga beriluvchan bo‘ladi. Qayerda ota yoki ona ichadigan bo‘lsa, nosog‘lom muhit hukm sursa, bu sharoit oilada hali asab sistemasi to‘la shakllanib ulgurmagan bolaga o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazadi. Atrofda ro‘y berayotgan voqealarni hali to‘g‘ri idrok eta olmagan bolalar ota-onalarining xatti-harakatlarini o‘zlariga o‘rnak qilib, ularga taqlid qila boshlaydilar. Yoshlarda alko golizm simptomlari ba’zi bir xususiyatlarga ega: xumorlik sindromi «tebranma» xarakter kasb etadi, ya’ni u katta dozada alkogol qabul qilgandan keyin paydo bo‘lib, kattalardagiga qaraganda qisqa muddatli va sustroq ifodalangan somatovegetativ buzilishlar bilan kuzatiladi.
Shaxs o‘zgarishlari affektiv – irodada ko‘zga tashlanadi, ya’ni psixopatsimon tip bo‘yicha rivojlanadi. Fikrlashlari ancha yuzaki, tanqidiy munosabatlari pasaygan, o‘z imkoniyatlarini yuqori baholaydigan bo‘ladi. Kattalarga qaraganda ularda ko‘p talvasali tutqanoqlar, alkogol psixozlari rivojlanadi. Psixotik o‘zgarishlar aksari shizofrenik jarayonlarni eslatadi. O‘spirin yigitlar dag‘al, berahm, shafqatsiz bo‘lib, ota-onalari bilan aloqalarni uzadilar, oila bilan qizi qishlari yo‘qoladi. Biroq, alkogol ichishni to‘xtatgandan keyin bu belgilar o‘tib ketishi yoki butunlay yo‘qolib ketishi mumkin. Demak, bu shizofreniyadan emas, balki alkogoldan ekanligidan dalo lat beradi. Bu yoshda organizmda vitaminlar muvozanati, ayniqsa, B guruhidagi vitaminlar muvozanati izdan chiqishining simptomlari tez rivojlanadi, bosh miya va ko‘zning to‘r pardasidagi tomirlar aterosklerozi, eshitish nervi nevralgiyasi, yuz nervi nevralgiyasi ancha erta rivojlanishi mumkin.

Download 412.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling