Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Giyohvandlik haqida tushuncha


Download 412.02 Kb.
bet4/18
Sana29.04.2023
Hajmi412.02 Kb.
#1401808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2-MT

Giyohvandlik haqida tushuncha


Narkomaniya – yunoncha so‘z bo‘lib, narko – karaxtlik va mania – telbalik (jahl, shod-xurramlik) ma’nosini anglatadi. Giyohvand lar – narkotik moddalar (morfin, afyun, nasha va boshqalar)ga o‘rganib qolib, ularsiz turolmaydigan, kayf qilish maqsadida o‘zini tiya bilmaydigan, ruhan zaif, irodasi kuchsiz, birovlarga taqlid qiladigan kishilardir.
Narkomaniya – bu ijtimoiy masala bo‘lib, u tibbiy, yuridik, biofiziologik, psixologik, iqtisodiy, demografik, tarixiy va boshqa masa lalar bilan bog‘liq. Ijtimoiy shaxs va ijtimoiy muhit masalasiga nis ba tan jamoatchilik hamda ayrim oila a’zolarining tipologik xastalik reaksiyasi ham hisobga olinadi. Giyohvandlik o‘sib kelayotgan organizmda ko‘p tizimli buzilishlar keltirib chiqarishi bilan tavsiflanadi. Eng avvalo, moddalar almashinuvi jarayonida qo‘pol o‘zgarishlar ro‘y beradi. Giyohvand moddalar inson bosh miyasiga ta’sir etib, unga o‘rganib qolishga olib keladi. Shu bilan birga, ular bosh miya hamda muhim ichki a’zolar zaharlanishining asosiy sababchisi bo‘ladi.
Giyohvandlikning o‘ziga xos belgisi – bu sog‘ayish imkoniyatining mavjud emasligidir. Ushbu kasallik surunkali bo‘lib, kutilmagan vaqtda qaytalanishi mumkin. Davolash maqsadida ishlatiladigan qator dori vositalariga ham o‘rganib qolish holatlari kuzatiladi.
Giyohvandlikning kelib chiqishida yoshlarning muayyan qismida uchraydigan intizomning bo‘shligi, xarakterning zaifligi, shuning dek, ortiq darajada qiziqish hollari ham katta rol o‘ynaydi.
Giyohvandlikka moyil kishilar bir necha toifaga bo‘linadi.

  1. Bir necha marotaba miya chayqalishiga uchraganlar.

  2. Homiladorlik vaqtida og‘ir toksikoz holatini boshidan kechirganlar.

  3. Surunkali glomerulonefrit, gepatit, pankreatit, enterit va yuqum li kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar.

  4. Homiladorlik davrida spirtli ichimliklar iste’mol qilgan, sigaret chekkan, hidlaydigan moddalarni hidlagan ayollardan tug‘ilgan bolalar.

  5. Ruhiy kasallikka uchraganlar.

  6. Kasallik tufayli narkotik dori vositalarini uzoq muddat iste’mol qilganlar.

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga qaraganda, giyohvandlik – narkomaniyaning kelib chiqish sabablari to‘rtga bo‘linadi.
Birinchisi – biofiziologik. Ushbu sabablarga psixofaol moddalarni qabul qilishlik mayli irsiyatga bog‘liq bo‘lib, irsiy etnik, morfo logik hamda shaxsiy psixofiziologik xususiyatlarga yetakchi hisob lanadi. Shuningdek, fermentlar va vitaminlarning tanqisiligi, meta bo lizmning tug‘ma va hayotiy bo‘lishligi, endokrin yetishmasligi, bosh miyada biror kasallik va boshqalar.
Ikkinchisi – individual psixologik. Bunda shaxsning psixo logik qarashlari va hayotidagi tajribalari, hayotdagi ayrim yetishmovchiliklar, salbiy taassurotlar hamda sun’iy psixo e mot siyalar, o‘zini qondirish uchun narkotik modda qabul qilishlik sabab bo‘ladi.
Uchinchisi – mikrosotsial daraja. Bu o‘smirlarning atrof-muhitdagi ijtimoiy holatlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqligi bilan ko‘zga tashlanadi. Xususan, ularning oiladagi o‘rni, maktabda tengqurlari orasidagi obro‘-e’tibori, tengdoshlari o‘rtasida o‘zini tutishdagi muam molar ularni bevosita narkomaniyaga berilishiga sabab bo‘ladi.
To‘rtinchisi – makrosotsial daraja. Ushbu daraja giyohvandlik uchun asosiy va hal qiluvchi daraja hisoblanadi. Chunki jamiaytdagi turli xil patologik deformatsiyalar, ijtimoiy-salbiy holatlat giyohvand likning kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi.
Narkomaniya og‘ir xastalik bo‘lib, narkotik moddalarga (yoki kayf beruvchi moddalarga) ishqibozlik va moyillik bilan «o‘z ixtiyori ila miyasini gangitish»dir. Natijada ushbu noto‘g‘ri yo‘lga qadam qo‘ygan shaxs odamiylik qiyofasini yo‘qotadi, o‘zining oliyjanob insoniylik xislatlaridan ayriladi, ruhan nosog‘lom bo‘lib, sevimli kasbidan mahrum bo‘ladi. Nima ish qilishga aqli yetmay, ishsiz bo‘lib qoladi. Oqibatda jinoiy ishlarga qo‘l uradi, o‘g‘rilik yo‘liga kiradi, o‘ziga ham, boshqalarga ham baxtsizlik keltiradi. Eng og‘iri ham ruhan, ham jismonan majruh bo‘ladi. Ko‘p hollarda giyohvand oilasidagilar ushbu holatga qarshi kurashishga kech qoladilar.
Giyohvandlar narkotik moddalarni surunkali qabul qilishlari tufayli ularga o‘rganib qoladilar va narkoamniya kasalligiga duchor bo‘ladilar. Dastlab oliy nerv faoliyatining tipiga, narkotik moddaga, dozasiga, uni organizmga yuborish usuliga, shaxsning ruhiy holatiga qarab eyforiya – ko‘tarinki kayfiyat kelib chiqadi. So‘ng organizm ning reaktivligi o‘zgaradi – himoya reaksiyalari kelib chiqadi. Narkotik moddani hamma narsadan afzal ko‘rish shakllanadi, uni surunkali ravishda qabul qilishga o‘tiladi. Narkotik moddani qabul qilish muntazam xarakter kasb etadi. Tolerantlik (afyun miqdorini ko‘paytirish va oldingi miqdorga qoniqmaslik mayli) ortib boradi. Giyohvandlar narkotik moddalar miqdorini yuqori dozalarda, davolash maqsadida beriladigan miqdorga qaraganda 2–10 marta ko‘p qabul qiladilar. Asta-sekin narkotik moddalarga ruhan bog‘lanish hosil bo‘lib, narkotik moddaga yengib bo‘lmas xirs qo‘yadilar. Buning natijasida abstinent sindromi – xumorlik yuzaga keladi. Bu sind rom ning paydo bo‘lish dinamikasi shartli ravishda uch bosqichda kechadi:
birinchisi – adaptatsiya, organizm reaktivligining o‘zgarishi va
ruhiy bog‘lanishlar paydo bo‘lishi; ikkinchisi – abstinent sindromi shaklida jismoniy bog‘lanishlar paydo bo‘lishi;
uchinchisi – barcha sistemalarning izdan chiqishi, toliqishi (tole-
rantlik pasayishi, surunkali abstinent sindromining paydo bo‘lishi, qator hollarda polinarkomaniya vujudga kelishi).

Download 412.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling