Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Download 412.02 Kb.
bet6/18
Sana29.04.2023
Hajmi412.02 Kb.
#1401808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2-MT

Psixostimulatorlar guruhiga mansub dori vositalarini qabul qilish jarayonida giyohvandning fikrlash qobiliyati tezlashib, uning fe’lida yengiltaklik alomatlari paydo bo‘ladi.

  1. Efedrin – ampulalarda eritma shaklida shu nom bilan chiqariladi.

  2. Psevdoefedrin va efedron – efedrin hosilalari bo‘lib, bangilar yuqorida keltirilgan efedringa sirka kislotasi yoki margansovka qo‘shish yo‘li bilan qo‘lbola holda tayyorlaydilar.

  3. Fenamin yoki amfetamin preparatlari tabletka, kukun yoki kapsula shaklida uchraydi.

  4. Kokain – oq kristallsimon kukun bo‘lib, ko‘rinishidan ichimlik sodasiga o‘xshaydi. Uni hidlaydilar, tomir ichiga yuboradilar.

Barcha psixostimulatorlar – dopingdir. Ular ikki umumiy xususiyatga ega:

  1. Moddalar almashinuvini (jumladan, bosh miyada) kuchaytiruvchi.

  2. Qon bosimini oshiruvchi va yurak qisqarishini kuchytiruvchi.

Gallutsinogenlar ongni o‘zgartiruvchi vositalar hisoblanadi. Ular ba’zida gallutsinatsiyalar keltirib chiqarmagan holda bangilarda o‘zligini anglashni izdan chiqaradi. Bu guruh preparatlari bangilarda atrofda kechayotgan jarayonni noto‘g‘ri va noo‘rin talqin qilishga undaydi.

  1. LSD (lizergin kislotasi dietilamidi) – o‘ta toksik preparat bo‘lib, begona o‘t donlari ustida uchraydigan zamburug‘da hosil bo‘ladigan alkaloiddan olinadi. LSD tiniq eritma yoki kukun shaklida uchraydi. Uni ichadilar yoki venaga yuboradilar.

  2. PSP (pi-si-pi) – fensiklidin kukun shaklida uchraydi. Uni giyohvandlar ichadilar yoki vena ichiga yuboradilar.

Giyohvandlikning klinik belgilari va kechishi. Qoradori qabul qilgandan keyin uning ta’siri 20–30 sekund o‘tgach boshlanadi.
Tanaga iliqlik yuguradi. Ko‘z qorachiqlari torayadi, og‘iz quruqlashadi. Fikr bir joyda to‘xtab, fikrlash doirasi torayadi. Bu holat 5–7 daqiqa kechadi va bangi tanasi, oyoqlarida og‘irilik sezadi. Giyohvand illuziyalar va xomxayollarga beriladi. Devorlarda va atrofda g‘ayritabiiy suratlar ko‘ziga ko‘rinadi.
Bangi giyohvand modda ta’siri ostida tashqi ta’sirlarni sezmasligi va 3–4 soatlik uyquga ketishi mumkin.
Bangilar narkotik moddani qabul qilmaganlarida aqliy va jismoniy mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotadilar. Natijada, narkotik modda qabul qilishda 8–12 soat uzilish bo‘lib qolsa, abstinensiya holati yuzaga keladi. Abstinensiya holatida somatovegetativ, psixonevrologik belgilar: qaltirash, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ko‘z qorachiqlarining kengayishi, tana haroratining oshishi, mushaklarda og‘riq kuzatiladi. Bemor ruhiyatida bezovtalik, har xil qo‘rquvlar, uyquning buzilishi, xulqida nomutanosiblik sodir bo‘ladi. Surunkali davrda abstinensiya 5–7 kundan 4–5 haftagacha cho‘ziladi. Bu davr da giyohvand jamiyat uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Aksariyat jinoyatlar abstinensiya holatlarida sodir etiladi. Giyohvandlar qoradori topish maqsadida o‘g‘irlik qilishga, qalloblikka, hatto, odam o‘ldirishga ham qo‘l urishlari mumkin.
Giyohvand moddalarni surunkali qabul qilganlarning tashqi ko‘rinishi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. Terilari kulrang tusda, quruq, bilaklarida ko‘plab chandiqlar, oyoqlarida tromboflebitlar (qon tomirining yallig‘lanishi) kuzatiladi. Sochlari siyrak, tishlari to‘kilib ketgan. Yurak-qon tomir yetishmovchiliklari, jigar xastaliklari kuzatiladi. Bu guruh giyohvandlarda astenizatsiyalar uzoq muddat bo‘lib, jismoniy asteniya natijasida giyohvandlar jismoniy mehnat qilish qobiliyati va kasbiy mahoratlarini yo‘qotadilar. Psixologik asteniya giyohvandda biror aqliy mehnat qilishdan oldin ruhiy zo‘riqish keltirib chiqaradi va natijada irodasizlik, tez toliqish, fikrni jamlay olmaslik, biror maqsadni ko‘zlovchi faoliyat olib bora olmaslikka olib keladi.
Ruhiyatdagi bu buzilishlar natijasida giyohvand kayfiyatida doimiy tushkunlik surunkali tus oladi. Bu davrda giyohvandlar jamiyat uchun katta xavf tug‘diradilar. Ular sodir etgan jinoyatlar aynan shu davrga to‘g‘ri keladi. Giyohvandlar narkotik moddalarni qaynamagan suvda eritib, sterillanmagan shprislarda venaga yuborishlari natijasida kuchli isitma, qaltirash, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, bel va bo‘g‘imlarda og‘riqlar, boshqacha qilib aytganda, kuchli gipertoksik reaksiya kuzatiladi. Gipertoksik reaksiya o‘z nav batida bosh miya to‘qimalarining zararlanishi-ensefalopatiyani keltirib chiqaradi. Giyohvand gepatit, sifilis, OITS, yiringli tromboflebit kabi kasalliklarga chalinadi. Opiy tipidagi giyohvand moddalarni surunkali iste’mol qilgan giyohvandlar shu holatda o‘rta hisobda 7–10 yil umr ko‘radilar.

Download 412.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling