Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Giyohvand moddalar turlari


Download 412.02 Kb.
bet5/18
Sana29.04.2023
Hajmi412.02 Kb.
#1401808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2-MT

Giyohvand moddalar turlari. Nasha – eng ko‘p uchraydigan giyohvand modda bo‘lib, hind kanopidan olinadi. Ushbu o‘simlikning preparatlari turli mamlakatlarda har xil nom bilan ataladi – nasha, marixuana, gonja, xaras, bang, xusus, dag. Kannabis deb ataladigan xili eng ko‘p ishlatiladi.
Nasha (gashish) – to‘q yashil rangli qatronsimon, yopishqoq modda (ba’zan kukundori ko‘rinishida). Turli xildagi kanop yoki nasha o‘simligiga ishlov berish yo‘li bilan olinadigan, maxsus hidga ega bo‘lgan giyohvand modda. Sanoatda ishlab chiqarilmaydi. Uni yashirin yo‘l bilan nashaning (hind nashasi, chuy nashasi, yovvoyi nasha) changini yig‘ish orqali tayyorlanadi. Nashaning har xil turlarida kanabinollarning miqdori o‘simlikning vazniga nisbatan turlicha bo‘lib, tarkibida 15% gacha giyohvand modda tutishi mumkin.
Mariхuana – bu ma’lum turdagi kanop o‘simligidan maxsus tex nologik usullar bilan olinadigan narkotik preparat bo‘lib, chaynash, chekish, damlama holda ichish kabi yo‘llar bilan qabul qilinadi.
Opiat narkotiklari – kustar yashirin yoki sintetik tayyorlangan holda uchraydi.

  1. Ko‘knori qalamchalari – mayda kukun holiga keltirilgan ko‘k nori o‘simligining quritilgan barglari tanasi va chanog‘idir.

  2. Xanka – ko‘knori chanog‘ida hosil bo‘ladigan shiraning qotirilgan 1–1,5 sm.li kulchalaridir.

  3. «Geroin» yoki «metadon» yashirin yo‘l bilan tayyorlanadigan giyohvand moddalar. Oq, kulrang yoki jigarrang kukun (ichimlik sodasiga o‘xshaydi) holida bo‘ladi.

  4. Tabobatda og‘riqsizlantirish uchun qo‘llaniladigan narkotik preparat hisoblanib, ampulalarda yoki penitsillin shishachalarida «Morfin gidroxlorid» nomi bilan ishlab chiqariladi.

Kodein ham opiat narkotik guruhiga mansub bo‘lib, yo‘talga qarshi yoki og‘riq qoldiruvchi tabletkalar shaklida uchraydi.
Sedativ-tinchlantiruvchi va uxlatuvchi vositalar tabletkalar shaklida ishlab chiqariladi. Bu guruhga mansub dori vositalarini suiiste’mol qilganda ruhiy va jismoniy bog‘lanish kuzatiladi. Bulardan eng ashaddiylari barbamil va fenobarbitaldir. Ammo dorixonalarda sotiladigan boshqa sedativ preparatlar ham ular dan qolishmaydi. Jumladan, fenazepam, radedorm, relanium, elenium larni uzoq qabul qilish jarayonida yuqoridagi bog‘liqlik kuzatiladi.

Download 412.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling