Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


OIV infeksiya va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarning ijtimoiy-psixologik muammolari va ularning yechimi OIV infeksiyasi


Download 412.02 Kb.
bet8/18
Sana29.04.2023
Hajmi412.02 Kb.
#1401808
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
2-MT

OIV infeksiya va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarning ijtimoiy-psixologik muammolari va ularning yechimi OIV infeksiyasi


OIV infeksiyasi bugungi kunda Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) oldida turgan dolzarb muammolarning biriga aylangan. Bugungi kunda dunyoda OIV infeksiyasi bilan yashayotganlarning soni 33,4 mln. nafardan oshib ketdi va har yili 2 mln. bemor OITS tashxisi bilan vafot etmoqda.
OIV infeksiyasi epidemiyasi dunyoning barcha mamlakatlarini qamrab oldi. Dunyodagi davlatlar qatori O‘zbekistonda ham bu kasallik 1987-yildan boshlab, dastlab xorijlik fuqarolar orasida, keyingi yillarda mahalliy aholi o‘rtasida kuzatilmoqda.
Respublikamizda bu kasallikning epidemik tarqalib ketishining oldini olish maqsadida davlat miqyosida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda, bu boradagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining «Odam ning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishining oldini olish to‘g‘risida»gi qonuni (1999-y.), kasallikning oldini olishga qaratilgan boshqa qonun va me’yoriy hujjatlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 26-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi o‘tkazilayotgan tadbirlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida»gi PQ–1023-sonli Qarori talablari asosida tashkil qilinmoqda.
2009-yilning 5-yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah ka masi tomonidan «OITSga qarshi kurash markazlarining tash kiliy tuzilmasi va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘ risida»gi 1-sonli qarorining qabul qilinishi respublikamizda fao liyat ko‘rsatayotgan OITSga qarshi kurash markazlari ishini yana da takomillashtirish imkoniyatini yaratdi.
Qabul qilingan bu qarorlar nafaqat tibbiyot xodimlari, balki jamiyatimizning boshqa soha vakillariga ham mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi va respublikamiz aholisi, xususan, yosh avlod salomatligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishga chorlaydi.
Ma’lumki, butun dunyoda OIV infeksiyasi tarqalishidagi muhim muammolardan biri OIV bilan yashovchi kishilarning kamsitilishi (stigma) bilan bog‘liq. Vaziyat tahlili shuni ko‘rsatadiki, hozirgi paytda mamlakatimiz aholisi o‘rtasida OIV infeksiyasini yuqtirganlar o‘zining kasalligini atrofdagilarga bildirmaslikni afzal ko‘rishmoqda. Shundan kelib chiqadiki, OIV bilan kasallangan kishi zimmasiga kasallik virusini boshqa odamga qasddan yuqtirish xavfi yuzaga kelgan taqdirda qonun oldida javobgarlik mas’uliyati yuklanadi. OIV infeksiyasini yuqtirgani to‘g‘risidagi axborotning ma’lum bo‘lishi kasalllangan kishiga nisbatan muayyan ijtimoiy chek lovlar qo‘yilishiga olib keladi. Vaholanki, OIVning yuqishi eng avvalo odamning xulq-atvoriga bog‘liq bo‘lib, har bir odam tomonidan nazorat qilinishi mumkin. Shunday ekan, aholining barcha qatlamlari bilan bo‘ladigan uchrashuvlarda, yosh yigit-qizlar bilan maktab, litsey, kollej, oliygohlarda suhbatlar o‘tkazilayotganda OIV kasalligining yuqish yo‘llarini ularga batafsil tushuntirish va undan saqlanish yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatish hamda himoya vositalaridan foydalanishni o‘rgatish kabi ishlarni to‘g‘ri tashkil etish zarur.

Download 412.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling