Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Kasallikning yuqish yo‘llari


Download 412.02 Kb.
bet10/18
Sana29.04.2023
Hajmi412.02 Kb.
#1401808
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
2-MT

Kasallikning yuqish yo‘llari. OIV infeksiyasining uch xil yo‘l bilan yuqishi isbotlangan:

  1. Jinsiy aloqa yo‘li – tartibsiz jinsiy hayot kechiruvchi shaxslar orasida ko‘proq uchraydi. Bu guruh OIV infeksiyasi bo‘yicha o‘ta xavfli guruh hisoblanadi. Bunday shaxslarning OIV infeksiyasi bilan zararlanishi va boshqalarga yuqtirishi hozirgi kunda ko‘proq uchramoqda. Ayol organizmiga viruslar erkaklar shahvat suyuqligi orqali tushadi. Agar ayol jinsiy a’zolari shilliq qavati jarohatlangan bo‘lsa, virus jinsiy a’zolardan qonga o‘tishi mumkin.

  2. Parenteral yo‘l – bu OIV infeksiyasining qon orqali yuqishidir. Kasallikning qon orqali yuqishida giyohvand moddalarni inyeksiya yo‘li bilan qabul qiluvchi shaxslar xavfli guruhga kiradi. Bunday shaxslar zararsizlantirilmagan shpris va ignalardan foydalanib, qon tomiriga inyeksiya orqali narkotik moddalarni yuborish vaqtida virusni yuqtirishi mumkin. Qon orqali yuqishda bemorlarni davolash jarayonida zararsizlantirilmagan asbob-anjom, shpris va ignalardan foydalanganda, zararlangan qon va uning tarkibiy qismlarining quyilishi ham ahamiyatli.

  3. Vertikal yuqish yo‘li – virus kasallangan ayoldan homiladorlik davrida yoki tug‘uruq jarayonida bolaga o‘tadi. Shuningdek, emizish vaqtida ham o‘sha virus ko‘krak suti orqali bolaga o‘tishi mumkin.

OIV quyidagi hollarda yuqmaydi:

  • jarohatlangan teri orqali;

  • bitta idishdan ovqat yeganda;

  • qo‘l berib ko‘rishganda, quchoqlashganda;

  • suv havzalari va hojatxonadan foydalanganda;

  • qon so‘ruvchi hasharotlar (chivin, bit, kana va boshqalar) orqali;

  • havo orqali muloqot paytida.

OIV quyidagi suyuqliklarda uchrashi mumkin:

  1. Qon va qonning tarkibiy qismalarida, to‘qimalarda.

  2. Shahvat (sperma) va shahvatdan oldin keladigan suyuqlik (ekvulyat)da.

  3. Vaginal (ayollar qini) va servikal (bachadon bo‘yni) suyuqliklarida va ajratmalarida.

  4. Ko‘krak sutida.

  5. Orqa miya suyuqligida viruslar mavjud bo‘lsa, bu suyuqlik organizmdan tashqariga chiqmaganligi bois, xatarli hisoblanmaydi.

  6. Ter, so‘lakda viruslarning soni shu darajada kam bo‘ladiki, kasallikning boshqa odamga yuqib, rivojlanishi uchun yetarli bo‘lmaydi.


Download 412.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling