Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Sog‘lom avlodni voyaga yetkazishda ekologiyaning ahamiyati


Download 412.02 Kb.
bet15/18
Sana29.04.2023
Hajmi412.02 Kb.
#1401808
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2-MT

Sog‘lom avlodni voyaga yetkazishda ekologiyaning ahamiyati


Tabiat nihoyatda go‘zal, uning insoniyat uchun marhamati keng. Tabiat – hayotning onasi, deb bejiz aytilmagan. U kishilarni kiyintiradi, to‘ydiradi, nafas olish uchun kerak bo‘lgan havoni, hayot uchun zarur bo‘lgan suvni tozalab beradigan nabotot olami dilga huzur bag‘ishlaydi. Tarovatli bog‘-u rog‘lar, ko‘kni suyab turgandek azim tog‘lar, bag‘ri keng vodiylar turfa rangli chamanlari bilan go‘zal.
Bugungi kunda insoniyatni xavf ostida qoldirayotgan hodisalardan biri ekologik vaziyat hisoblanadi. Ma’lumki, fan-texnika taraq qiyoti birinchi navbatda ishlab chiqarishni tubdan o‘zgartirib, sanoat mahsulotlarini ko‘plab yetkazib berishda muhim omil vazifasini o‘taydi. Ayniqsa, fan va texnikaning beqiyos rivojlanishi mehnat sharoitining tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday taraqqiyot xoh sanoatda, xoh xalq xo‘jaligining turli sohalarida bo‘lsa-da, insonni o‘rab turgan atrof-muhitning bir qadar buzilishiga va o‘z navbatida, aholi turli qatlamlarining salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishida namoyon bo‘lmoqda. Insonning tabiiy boyliklardan o‘ylamay-netmay ortiqcha foydalanishi oqibatida sayyoramiz ning qiyofasi borgan sari o‘zgarib, o‘rmonlar yo‘qolib bormoqda, o‘simlik va hayvon turlari kamaymoqda, foydali qazilmalar tugab bormoqda. Suv havzalari, tuproq va atmosfera havosining tobora ifloslanib borishi, turli xo‘jalik faoliyati oqibatida paydo bo‘ladigan chiqindilar va sanoat korxonalaridagi chiqindi moddalarning ortib borishi natijasida, aholini ekologik toza suv, oziqovqat bilan ta’minlash dolzarb muammoga aylanib qolgan.
Ma’lumki, keyingi yillarda bunday ekologik holat dunyo mamlakatlarida, shu bilan bir qatorda O‘zbekistonda ham, e’tiborga olinib, xalqaro hamkorlikda katta ishlar olib borilmoqda. Atmosfera havosidagi zaharli omillarning tobora ko‘payib borishi faqatgina inson salomatligiga ziyon yetkazib qolmasdan, balki butun tirik jonivorlar va o‘simliklar hayotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotir. Odamlar o‘rtasida, ayniqsa, yosh bolalar orasida kasalliklarning avj olishiga sabab bo‘lmoqda. Havosiz, suvsiz hayotni tasavvur etib bo‘lmaganidek, tuproqsiz ham hayot bo‘lishi mumkin emas. Tuproq hayotning boshi, o‘simlik dunyosi o‘sadigan makon, odam va jonivorlar uchun yashash va ozuqa maskani.
Shunday qilib, atrof-muhitning ifloslanishi undagi muvozanatning buzilishi, qolaversa, bunday ekologik o‘zgarishlar inson salomatligiga juda katta putur yetkazmoqda. Tabiatdagi kanserogen, mutagen, allergen moddalarning tobora ko‘payib borayotgani va shunga mos kasalliklarning avj olib borishi ekologik xavfni tug‘dirishi shubhasizdir.

Download 412.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling