Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Ekologiyaning salomatlikka ta’siri


Download 412.02 Kb.
bet17/18
Sana29.04.2023
Hajmi412.02 Kb.
#1401808
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2-MT

Ekologiyaning salomatlikka ta’siri


Tashqi muhitning organizmga bo‘lgan ta’siri natijasida turli kasalliklar kelib chiqishi mumkinligi borasida bir qancha ilmiy ishlar qilingan.
Biosferadagi barcha jarayonlar o‘zaro bog‘liqdir. Biosfera (yunoncha bios – hayot, sphaira – shar) – tirik mavjudotlar tarqalgan yer qobig‘idir. Insoniyat biosferaning kichik qismi bo‘lsa, inson esa organik hayot turlaridan biridir. Biosfera holatining yomonlashuvi barcha tirik mavjudotlar, shu jumladan, inson uchun ham xavflidir. Inson va uning atrof-olam bilan munosabatini har tomonlama o‘rganish natijasida shu ma’lum bo‘ldiki, salomatlik – bu nafaqat kasallikning yo‘qligini bildiradi? Balki u insonning jismonan va ruhan tetik bo‘lishini ta’minlaydi.
Salomatlik bu bizga tabiat ato etgan ne’matdir. Shuning uchun salomatligimiz yashayotgan shart-sharoitimizga ham bog‘liqdir.
Musaffo havo tarkibi tobora sanoat korxonalaridan chiqayotgan zararli gazlar bilan bug‘lanib bormoqda. Ob-havoning o‘ta issiq kelishi ham ekologik holatning yomonlashuviga, ichimlik suvlarining yetishmasligi esa sanitariya-gigiyena qoidalarining buzilishiga sabab bo‘lmoqda. Uning natijasida oshqozon-ichak kasalliklari ko‘pay moqda. Meva-sabzavotlarni yaxshi yuvmasdan iste’mol qilish, suvni qaynatmasdan ichish, ifloslangan ochiq suv havzalarida cho‘milish salomatlikning izdan chiqishiga sabab bo‘lyapti.
Hozirgi kunda ekologiya muammosi dunyo mamlakatlari olimlari oldida turgan eng katta muammolardandir. O‘zbekiston ham bu muammoni yechishda chetda qolayotgani yo‘q. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan 1992-yilda Nukus da Orol muammosiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferen siya bo‘ldi. Bu konferensiya qarorlaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respub likasi Vazirlar Mahkamasi 1992-yil 2-sentabrda «Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, ijtimoiy va ekologik muammolarni yechishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 405-sonli qaror qabul qildi. Bu qarorning bajarilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hukumati katta kuch sarfladi. Orolbo‘yi aholisiga insonparvarlik yordami berila boshlandi, kasalxona va poliklinikalar shunday ta’minotdan foydalana boshladilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi punktlarini elektrlashtirish to‘la hal qilindi. 1992–1996-yillarda Tuyamo‘yin suv omboridan respublika aholi punktlariga 2885 kilometr vodoprovod tarmog‘i olib kelindi, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 59,5 foizga yetdi.
1991 – 1996-yillarda Qoraqalpog‘istonda ko‘plab sog‘liqni saqlash obyektlari, kasalxonalar, poliklinikalar, tug‘uruqxona va turar joy binolari qurildi.
Qoraqalpog‘iston xalqi I.A.Karimovning BMT minbaridan turib dunyo mamlakatlarini Orol dengizini saqlab qolishga qarata chaqirig‘ini katta qoniqish bilan kutib oldi. Uning tashabbusi bilan 1994yil 14-yanvarda Nukusda Markaziy Osiyoning 5 ta davlat prezidentlari hamda Rossiya Federatsiyasining vakillari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Orolga va Orolbo‘yi aholisiga amaliy yordam berish masalasi muhokama etildi. 1995-yil sentabrda I.A.Karimov tashabbusi bilan Nukusda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya esa tarixiy voqea bo‘ldi. Bu anjumanning asosiy hujjatlaridan biri – Nukus deklaratsiyasi bo‘lib, unda butun dunyo jamoatchiligi e’tibori Orol muammosiga qaratildi.
1997-yil mart oyida Olmaotada Markaziy Osiyo respublikalari Kengashi yig‘ilishi bo‘ldi. Bu yig‘ilishda Orolbo‘yi xalqliriga ijtimoiy muammolarni yechishda amaliy yordam berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston hukumatining Orolbo‘yi muammolari to‘g‘risidagi tashabbuslari yerlik xalqlar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda. Amudaryo bo‘yidagi mehnatkashlar ekologik vaziyatning yaxshilanishiga, xalqaro forumlarda Orol dengizi muammolarini hal qilishga doir qabul qilingan qarorlar o‘z samarasini berishga qat’iy ishonch bildirmoqdalar. Belgilangan chora-tadbirlarni tezda amalga oshirish natijasida qishloq joylarda, sanoatda mehnat unumdorligi o‘syapti, ish lab chiqarish rivojlanyapti, aholining ish bilan bandligi oshmoqda.
Respublikamizda «Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiat resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha 2005-yilgacha mo‘ljallangan Davlat dasturi» ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, 1992-yilda Ta’sischilar konferensiyasida «Ekosan» ekologiya va salomatlik Xalqaro jamg‘armasi tashkil qilinib, uning maqsadi ekologik muam molarni har tomonlama o‘rganish, olimlar hamda mutaxassislarning kuchlarini birlashtirish, ekologik siyosatning shakllanishida ishtirok etish, ekologik yo‘nalishdagi jamoatchilik fikrlarini tashkil qilishda faol ishtirok etish va ekologik tafakkur hamda madaniyatni tarbiyalashdan iborat. Faoliyat yo‘nalishlari: a) atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari; b) sog‘lom turmush tarzi, ekologiya, sanitariya-gigiyena bilimlari va kasallikning oldini olishni targ‘ib qilish; d) ekologik ta’lim-tarbiya va aholini atrof-muhitdan xabardor qilish va hokazo.

Download 412.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling