Xxi asrda innovatsiyalar
Download 27.12 Kb.
|
1 2
Bog'liq12-mavzu. XXI asrda innovatsiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- XXI ASRDA INNOVATSIYALAR
Nutqiy mavzu: XXI asrda innovatsiyalar Gram. mavzu: Ilmiy uslub va uning xususiyatlari. Reja:
II Asosiy qism XXI asrda innovatsiyalarIlmiy uslub va uning xususiyatlari. III. Xulosa IV. Foydalangan adabiyotlar Kirish XXI asrga kelib texnologiyalar shu qadar rivojlandiki, go‘yo kashf qilinmagan yangilik, yaratilmagan ixtiro qolmadi. Mamlakatimizda intellektual salohiyati yuqori, iqtidorli tengdoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iste’dodlarini yuzaga chiqarish borasida turli ko‘rik-tanlovlar, olimpiadalar o‘tkazilmoqda. Fanga qiziquvchi o‘smir yoshlar uchun ta’sis etilgan va o‘z o‘quvchilarini topib ulgurgan “XXI asr texnologiyalari” jurnaliga ham bu borada o‘ziga xos vazifa yuklatilgan. Bu ham bo‘lsa, intellektual salohiyatli o‘g‘il-qizlarning ilm-fanga, zamonaviy texnologiyalarga qiziqishlarini yanada oshirish, ularning imkoniyatlarini yuzaga chiqarishdir. Bolalar va o‘smirlarning ilmiy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy, ommabop nashri “XXI asr texnologiyalari” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-yanvardagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Bugungi yoshlarni uncha-muncha yangilik hayratlantirmaydi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, bolalar va o‘smirlar nashrlarining sifati va saviyasi yuqori bo‘lishi kerak. XXI ASRDA INNOVATSIYALARHozirgi vaqtda «Innovatsiya tushunchasi» juda keng qo’llanilmoqda. Innovatsiya so’zi inglizcha so’z bo’lib, «innovatsion» yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi, ya’ni tizim ichki tuzilishini o’zgartirish, deb ta’riflanadi. Innovatsiya amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo’lib, ijtimoiy- madaniy ob’ekt sifatlarini yaxshilashga yo’naltirilgan ijtimoiy sub’ektlarning harakat tizimidir.Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo’lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug’ilib, ta’lim mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo’ladi.Shuningdek, umuman ta’lim tizimi rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bir qancha tadqiqot markazlari sayyoramiz davlatlarining innovatsiya bo‘yicha reytingini e’lon qilib boradi. Ammo ular orasida Bloomberg xalqaro agentligi tuzadigan reyting nufuzli doiralarda ham e’tirof etiladi. Negaki, agentlik mutaxassislari davlatlarning innovatsiya jabhasidagi o‘rnini aniqlashda ilmiy tadqiqotlarga sarflanayotgan mablag‘ hamda kashfiyot va yangi ishlanmalarga berilgan patentlar miqdori, ishlab chiqarish samaradorligi, yuqori texnologiyalarga asoslangan kompaniyalar hamda ilmiy tadqiqotchilar soni kabi muhim mezonlarga tayanadi. Har bir mamlakat ushbu mezonlar bo‘yicha baholab chiqiladi va barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ballar jamlanib, umumiy o‘rin belgilanadi. Bloomberg xalqaro agentligi xulosasiga ko‘ra, 2019 yilda dunyoning innovatsiya bo‘yicha peshqadam 10 davlati quyidagilardir: Janubiy Koreya – 87,38 ball Germaniya – 87,3 ball Finlyandiya – 85,57 ball Shveysariya – 85,49 ball Isroil – 84,78 ball Singapur – 84,49 ball Shvetsiya – 84,15 ball AQSh – 83,21 ball Yaponiya – 81,96 ball Fransiya – 81,67 ball. Sayyoramiz tabiiy resurslari tobora kamayib borayotgan bir paytda mamlakatlar o‘rtasida ilmiy jabhadagi raqobat yanada kuchayishi shubhasiz. Innovatsiya — ma’lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni echish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo’llash, oldingidan ancha muvaffaqiyatga erishishiga olib kelishi ma’lum bo’lgan oxirgi natijadir. Bugun ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin:—faoliyat yo’nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi)—kiritilgan o’zgarishlarning tavsifiga ko’ra (lokal, modulli, tizimli)—kelib chiqish manbaiga ko’ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan olingan) Innovatsiyalar odatda bir necha muammo kesishgan paytda vujudga keladi va umuman yangi masalalarni hal qiladi, pedagogik jarayonning uzluksiz yangilanib borishga olib keladi. Ta’lim tizimidagi har qanday yangilik innovatsiya bo’la olmaydi. Shu sababli «novatsiya» va «innovatsiya» tushunchalari o’rtasidagi asosiy farqlarni ko’rsatib o’tish zarur. Buning uchun islohot faoliyatining aniq shakli, mazmuni va ko’lami asos bo’lib xizmat qiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli bo’lsa va yaxlit tizim xususiyatiga ega bo’lmasa, o’z oldiga muayyan tizimdagi faqat ba’zi elementlarini o’zgartirishni vazifa qilib qo’ygan bo’lsa, u holda biz novatsiya bilan muloqot qilayotgan bo’lamiz. Agar faoliyat ma’lum kontseptual yondashuv asosida amalga oshirilayotgan bo’lsa va uning natijasi o’sha tizim rivojlanishiga yoki uning printsipial o’zgarishiga olib kelsagina innovatsiya deya olamiz. Novatsiya amaldagi nazariya doirasida amalga oshiriladi, ko’lam va vaqt bo’yicha chegaralanadi, metodlar yangilanadi va natijasi avvalgi tizimni takomillashtiradi. Innovatsiya esa tizimli, yaxshi va davomli bo’ladi, ma’lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi, amaliyot sub’ektlari pozitsiyalarini to’la yangilaydi.Bunda faoliyatning yangi yo’nalishlari ochiladi, yangi texnologiyalar yaratiladi, faoliyatning yangi sifat natijalariga erishiladi, natijada amaliyotning o’zi ham yangilanadi. Ta’lim jarayonidagi innovatsion o’zgarishlar, ta’lim tizimiga har qanday yangilikning kiritilishi bevosita o’qituvchi faoliyatini yangilash va o’zgartirish orqali amalga oshirilishi ham atroflicha o’rganilgan.O’qituvchi innovatsion faoliyati xususiyatlarini o’rganib chiqqan pedagogik olimlar fikrlariga tayangan holda, quyidagilarni innovatsion faoliyatning asosiy belgilari deb hisoblash mumkin:—ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish;—pedagogik tadqiqot metodlarini egallash;—mualliflik kontseptsiyalarini yaratish qobiliyati;—tajriba-sinov ishlarini rejalashtirish va amalga oshira olish;— o’zidan boshqa tadqiqotchi-pedagoglar tajribalarini qo’llay olish;—hamkasblar bilan hamkorlik;—fikr almashish va metodik yordam ko’rsata olishlik;— ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish;—yangiliklarni izlab topish va ularni o’z sharoitiga moslashtirib borish. Innovatsion faoliyat davrida yangiliklar, innovatsiyalar, tom ma’noda ta’lim jarayoniga kirib keladi. Shu sababli ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni pedagogik jarayonga kiritish 4 bosqichda amalga oshiriladi: 1.Muammoli tahlil asosida aniqlash. 2.Mo’ljallanayotgan ta’lim tizimini loyihalash. 3.O’zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish.4.O’zgarishlarni amalga oshirish.Innovatsion faoliyatga tayyorlashdan maqsad — o’qituvchining yangilikka intiluvchanligini, mustaqil o’z ustida ishlash ko’nikmasi va malakasini shakllantirish, yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlardan foydalanib, dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarni o’tkazish malakasini takomillashtirishdan iborat. Xulosa qilib aytganda, innovatsion faoliyat — yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlarning mos kelmasligi yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorining yuzaga kelgan me’yor bilan to’qnashuvchi natijasida vujudga kelgan qator muammolarni echishga qaratiladi. Innovatsiyalar doimiy ravishda pedagogik faoliyatga yangiliklar olib kirish orqali ta’lim rivojiga hissa qo’shadi, pedagogik faoliyatga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’qituvchining innovatsion faoliyati butun pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg’a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuch vazifasini bajaradi va ta’lim jarayonining sifatini kafolatlaydi.Shuning uchun ham innovatsiyani har bir o’qituvchi tushunib, o’qib va o’rganib, o’zining pedagogik faoliyatiga olib kira olsa, ta’lim standartlarida ko’rsatilgan me’yoriy talablar amalga oshadi. O’qituvchi innovatsiya faoliyatga tayyor bo’lib, darsga eng so’nggi yangiliklarni olib kirib, o’quvchiga qiziqarli va uni ehtiyojiga mos ravishda tashkil etsagina, sifat va samaradorlikni kafolatlashi mumkin. O’zbekiston ilm-fani bugungi kunda o’zgarib borayotgan bozor talablariga javob beradigan, yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishga yo’naltirilgan innovatsion iqtisodiyotning texnologik bazasini yaratish borasida ulkan imkoniyatlarni namoyon etmoqda. Download 27.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling