Xxi asrda innovatsiyalar
Download 8.34 Kb.
|
Xxi asrda innovatsiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy uslub va uning xususiyatlari
- 1-topshiriq.
MAVZU: “XXI ASRDA INNOVATSIYALAR”. ILMIY USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI Kirish Reja Kirish XXI asrga kelib texnologiyalar shu qadar rivojlandiki, go‘yo kashf qilinmagan yangilik, yaratilmagan ixtiro qolmadi. Mamlakatimizda intellektual salohiyati yuqori, iqtidorli tengdoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iste’dodlarini yuzaga chiqarish borasida turli ko‘rik-tanlovlar, olimpiadalar o‘tkazilmoqda. Fanga qiziquvchi o‘smir yoshlar uchun ta’sis etilgan va o‘z o‘quvchilarini topib ulgurgan “XXI asr texnologiyalari” jurnaliga ham bu borada o‘ziga xos vazifa yuklatilgan. Bu ham bo‘lsa, intellektual salohiyatli o‘g‘il-qizlarning ilm-fanga, zamonaviy texnologiyalarga qiziqishlarini yanada oshirish, ularning imkoniyatlarini yuzaga chiqarishdir. Bolalar va o‘smirlarning ilmiy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy, ommabop nashri “XXI asr texnologiyalari” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-yanvardagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Bugungi yoshlarni uncha-muncha yangilik hayratlantirmaydi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, bolalar va o‘smirlar nashrlarining sifati va saviyasi yuqori bo‘lishi kerak. Ilmiy uslub va uning xususiyatlari Fan va texnika tili ilmiy uslub deyiladi. Daliliy munosabatlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o‘ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub ilmiy uslubdir. Ilmiy uslubga mantiqiylik, aniqlik, ilmiy atamalarning keng qo‘llanishi xos bo‘lib, barcha ilmiy asarlar, jumladan, maktab darsliklari ham shu uslubda yoziladi. Ilmiy uslubning asosi atama, ta’riflar, qoidalar, qonunlardir. Atamalar faqat bir ma’noda qo‘llanilib, o‘zi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini ko‘rsatadi, masalan o‘zak, negiz, yasovchi qo‘shimcha, turlovchi va tuslovchi qo‘shimchalar, shakl yasovchilar kabi atamalar so‘z tarkibiga oid lingvistik tushunchalarni ifodalaydi. Masalan: Har qanday grammatik ta’rif yoki qoidada uchta tushuncha birlashgan bo‘ladi: tushunchaning mohiyati, xususiy va umumiy tomoni. (Ona tili darsligidan). Nuklein kislotalar dastlab hujayra yadrosidan ajratib olinganligi sababli («nukleis» - «yadro») nuklein kislotalar deb atalgan. Hozirgi vaqtda nuklein kislotalar faqat yadroda emas, balki xloroplast va mitoxandriyda ham mavjudligi aniqlangan. (Biologiya darsligidan). Jismni tashkil qilgan molekulalar xaotik harakatining kinetik energiyasi bilan ularning o‘zaro ta’sir potensial energiyalarining yig‘indisi jismning ichki energiyasini tashkil qiladi («Fizika» darsligidan). 1-topshiriq. Innovatsion texnologiyalarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va ahamiyati haqida fikrlaringizni bildiring. 2-topshiriq. Ilmiy uslubga xos tushunchalarni yozing va ular asosida matn tuzing. Download 8.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling