Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Makkaning (Haramning) daraxtlari butalmaydir


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet442/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   438   439   440   441   442   443   444   445   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

7-bob. Makkaning (Haramning) daraxtlari butalmaydir 
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Haramning hatto tikani 
ham yulinmag‘aydir, deb aytganlar»,- deydilar. 
Sa’id ibn Abu Sa’id al-Maqyuriy rivoyat qiladirlar: «Abu Shurayh al-Adaviy Makkaga 
qo‘shin yuborayotgan Amr ibn Sa’idga: «Ey Amr, menga ijozat bersangiz, Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamning Makka fath qilingan kunning ertasiga aytgan so‘zlarini 
sizga aytib berardim, so‘zlayotganlarini o‘z ko‘zim birlan ko‘rganman, gaplarini 
quloqlarim birlan eshitib, qalbimga jo qilgandirman»,-dedi-da, Janob Rasulullohning 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
364
gaplarini Olloh taologa hamdu sanolar aytib, quyidagicha naql qildi: «Makkani Olloh 
taolo muqaddas qildi, odamlar ermas, shundoq bo‘lgach, Ollohga iymon keltirib, oxirat 
kuniga ishongan kishi bul shaharda qon to‘kmasligi va birorta o‘simlikni yulmasligi 
lozimdir. Agar biror kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘zlari Makkada 
jang qilganlar-ku?!» - desa, «Janob Rasulullohga Olloh taolo ijozat bergan, sizlarga 
ruxsat bergan ermas»,- deb aytingiz. Olloh taolo menga kunduzi faqat bir soatgina jang 
qilmoqqa ruxsat berdi. Makkaning kechagi muqaddasligi bugun yana o‘z o‘rniga keldi. 
Bul yerda hozir bo‘lganlar kelmaganlarga so‘zlarimni yetkazsinlar!» 
«O’shanda Amr sizga ne degan erdi?» - deb so‘rashibdi Abu Shurayhdan. «Men bul 
haqda sekdan ko‘ra yaxshiroq bilg‘ayman, Makka (Haram) osiy bandaga ham, (nohaq) 
qon to‘kib yokim (nohaq) vayron qilib, qochib kelganga ham panoh bo‘la olmag‘aydir»,- 
deb aytgan erdi»,- debdirlar Abu Shurayh. 
8-bob. Makkaning (haramning) yovvoyi hayvonlarini hurkitib bo‘lmasligi 
haqida 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Olloh 
taolo Makkani muqaddas qildi. Mendan oldingilarga ham, mendan keyingilarga ham bu 
yerda urush qilmoq man’ etilgandir, menga kunduzi bir soatgina urush qilmoqqa ruxsat 
berildi. Bu yerning o‘simliklari yulinmag‘aydir, daraxtlari kesilmag‘aydir, hayvonoti 
bezovta qilinmag‘aydir. Birovlar yo‘qotgan narsalar, faqat egasiga ma’lum qilmoq 
maqsadidagina olinmog‘i mumkindir»,- dedilar. Shunda men: «Yo Rasululloh, izxirnigina 
yulmoqqa ijozat etsangiz. Chunki undan kasb-hunar ahli foydalang‘aydir, aholi ersa, 
qabrga ishlatg‘aydir»,- dedim. Janob Rasululloh: «Mayli, izxirni yula qolingizlar!» - deb 
aytdilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   438   439   440   441   442   443   444   445   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling