Microsoft Word soliha ayollar ziyouz com doc


Download 154.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/55
Sana05.01.2022
Hajmi154.05 Kb.
#232299
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Bog'liq
Bahriddin Umrzoq. Soliha ayollar

Hakima Damashqiyya 

(quddisa sirruho) 

 

Shomning ulug‘ ayollaridan edi. Robiya Shomiyyaning ustozidir. 



 

Ahmad ibn Abul Havoriy Robiya Shomiyyaning bunday deganini naql qiladi: “Damashqlik 

Hakimaning huzuriga bordim. Qur’oni karim o‘qiyotgan ekan. Menga dediki: 

– Ey Robiya! Ering Ahmad ibn Abul Havoriy sendek xotini ustiga yana xotin olishni 

xohlayotir. 

– Xuddi shundoq. 

– Bir insonning ko‘nglini Xudodan ayirgan holda ikki xotinga bermog‘i qanday bo‘lur? 

“Alloh huzuriga toza dil bilan kelganlargagina (foyda berur)” (Shuaro, 89), oyatining 

tafsiri senga yetib bormabdi, shekilli. 

– Yo‘q, (bu oyat va uning tafsirini) bilmayman. 

Bu oyatning tafsiri shulki, ko‘ngilda Undan boshqa hech narsa bo‘lmagan holda Haq 

taologa borgaysan” 

 

Robiya aytadiki: “Uning huzuridan chiqib, uyga yo‘l oldim. U so‘zning ta’siridan qattiq 



hayajonladim, tebranib-chayqalib borar ekanman, yo‘lda duch kelgan kishilar meni mast 

deb gumon qilishlaridan uyalar edim”. 

 


Download 154.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling