Mikrobiologiya qismidan r e f e r a t


Mikroblarni  undirish  texnikasi


Download 141.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana05.01.2022
Hajmi141.07 Kb.
#217714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
2 5415779513432804527

         Mikroblarni  undirish  texnikasi.  Tekshirish  xususiyatiga  va 

manbaning  xiliga  qarab,  mikroblar  suyuq  yoki  qattiq  oziqli  muhitlarga  ekiladi. 

Mikroblarni  ekish  vaqtida  oziqli  muhitga  havodan  yot  mikroblarni  tushirmaslik 

chorasi ko’riladi. Buning uchun ekish texnikasita to’la-to’kis rioya qilish zarur. 

Mikroblar  yoqib  qo’yilgan  spirt  lampasining  bevosita  yonida  turib  ekiladi, 

qovuzlaq  (bakterial  ilmoq),  pipetkaning  uchlari  shu    lampaning  alangasiga  tutib 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




sterillanadi,  probirkani  ochgan  va  yopgan  vaqtda  chetlari  alangaga  tutiladi, 

shuningdek  paxta  tiqinlarni  probirkalarning  og’ziga  tiqishdan  ilgari  ular  ham 

alangaga  tutib  qizdiri6  olinadi.  Mikroblar  undirilgan  probirkalarga  havodan  yot 

mikroblar  tushirmaslik  uchun  bu  probirkalar  chap  qo’lning  bosh  barmog’i  bilan 

ko’rsatkich  barmog’i  orasida  qiyshaytirib  ushlanadi.  Probirkalarning  og’ziga  tiqib 

qo’yilgan  paxta  tiqinlar  o’ng  qo’lning  nomsiz  barmog’i  va  jimjilog’i  bilan 

chiqariladi.  Bir  tiqin  shu  barmoqlar  orasida,  ikkinchi  tiqin  esa  jimjiloq  bilan  kaft 

orasida  ushlab  turiladi.  Probkalarni  chap  qo’l  barmoqlari  bilan  (ko’rsatkich 

barmog’i bilai o’rta barmog’i, o’rta barmog’i bilan nomsiz barmog’i o’rtasida) ham 

ushlash mumkin. Manba olishda, shuningdek mikroblarni ekishda chakqon harakat 

qilinadi. 

Mikroblarni  suyuq  muhitlarga  qovuzloq  (petlya),  Paster  pipetkasi  yoki 

darajalangan  pipetkada  ekiladi.  Suyuq  manbani  pipetkalar  bilan  tomiziladi,  quyuq 

manbani  esa  sterillangan  qovuzloqda  olib,  probirka  devoridagi  muhit  sirtiga  biroz 

surtiladi,  so’ngra  probirkani  bir  oz  qiyshaytirib  yoki  silqitib  olinadi  yoki 

qovuzloqni  bulьonga  botiriladi.  Mikroblar  ekilib  bo’lgach  qovuzloqni  lampa 

alangasiga 

albatta 


tutib, 

cho’g’ 


holiga 

keltiriladi, 

pipetkalarni 

esa 


dezinfeksiyalovchi eritmalarga botirib qo’yiladi. 


Download 141.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling