Mikrobiologiya qismidan r e f e r a t


Mikroblarni  zich  muhitlarga  quyidagicha  ekiladi


Download 141.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana05.01.2022
Hajmi141.07 Kb.
#217714
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
2 5415779513432804527

Mikroblarni  zich  muhitlarga  quyidagicha  ekiladi.  Flakonlardagi  agarni 

suv  hammomida  suyultiriladi,  50°  haroratgacha  savitiladi  va  sterillangan  Petri 

likobchalariga  balandligi  3-5  mm  qalinlikda  tekis  qilib  quyiladi.  Agar  qotadi, 

so’ngra  termostatda  15-20  minut  quriydi.  Mikroblarni  agarga  yo  qovuzloqda  yoki 

shpatelda  ekiladi.  Manbani  qovuzloqda  olinadi  va  qovuzloqni  agar  sirtiga  parallel 

qilib chiziq tortiladi. 



Mikroblarni  shpatelda  quyidagicha  ekiladi.  Mikroblar  suspenziyasidan 

yoki  tekshirilayotgan  manbadan  qovuzloqda  yoki  steril  tomizgichda  kichik  bir 

tomchi  olib,  agar  sirtiga  surtiladi.  So’ngra  unga  steril  shpatelь  kiritiladi  (shpatelь-

uchburchak  shaklida  bukilgan  shisha  tayoqcha)  va  ekilayotgan    manba    avvalo 

birinchi, so’ngra ikkinchi va uchinchi likobchadagi agarning butun sirtiga shpatelь 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



bilan  surtiladi.  Bunda  likobcha  hamisha  yarim  yopiq  holda  ushlab  turiladi  (6-

rasm).  Natijada  bakteriyalar  agarga  bir  tekis  yoyilib,  ko’payadi  va  oddiy  ko’zga 

baralla ko’rinadigan ayrim koloniyalarni hosil  qiladi. 

 

 



                                  6  -  rasm.  Likobchadagi  agar  yuziga  shpatelь  bilan 

ekish. 


 

Mikroblarni  qiyshiq  agarga  ekishdan  oldin  qovuzlaqni  gorelka  alangasida 

cho’g’lantiriladi.  Agarli  probirkani  chap  qo’lning  bosh  barmog’i  bilan  ishora 

barmog’i  orasida  qiyshaytirib  ushlab,  tiqini  ochiladi,  probirka  chetlarini  picha 

sovutilgan  qovuzloq  bilan  kuydiriladi,  ekiladigan  manbani  qovuzloqda  olinadi  va 

probirkadagi  agar  sirtiga  ilon  izi  qilib  surtiladi.  So’ngra  qovuzloqni  tortib  olinadi, 

probirka  chetlarini  kuydiriladi  va  tiqinni  tiqib  qo’yiladi.  Qovuzloqni  lampa 

alangasida cho’g’lantiriladi. 

Mikroblarni  ekkan  vaqtda  so’zlashish  yaramaydi,  yirik  laboratoriyalarda 

mikroblarni  maxsus  kichkina  xonalarda-mikrob  ekiladigan  byukslarda  ekiladi. 

Ekilgan mikroblarni termostatga qo’yib undiriladi.                                                                           

Termostat.  Mikroblar  oziqli  muhitda  ko’payishi  uchun  tegishli  harorat 

sharoitini  vujudga  keltirish  keoak.  Patogen  mikroblarning  aksarisi  tana  haroratida 

(37°) yaxshi ko’payadi. SHuning uchun har bir bakteriologik laboratoriyada doimo 

termostat  yoki  termostatli  xonalar  bo’ladi,  termostatlarda  mikroblar  muayyan 

doimiy  haroratda  undiriladi. Termostatlardagi  harorat  maxsus avtomatik asboblar-

termoregulyatorlar  yordamida o’z-o’zidan  (avtomatik ravishda) boshqarilib turadi.  

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




Termostat qo’shdevorli shisha yashikdan iborat bo’lib, devorlar orasida havo  yoki 

suv  bor.  Termostatning  tashqi  devori  issiqni  yomon  o’tkazadigan  mahsulot 

(yog’och,  linoleum)  dan  qilinadi.  Ustki  devorning  teshigiga  termometr 

(termostatdagi haroratni ko’rsatib turadi) va termoregulyator o’rnatilgan.   

Termostat 

elektr 


toki 

yoki 


kerasin 

lampa 


yordamida 

isitiladi.Termoregulyatorlarning  har  xil  tiplari  bor,  biroq  ularning  hammasi 

quyidagi  tamoil  (prinsip)  ga  asoslanadi:  termostatdagi  harorat  belgilangan 

darajadan oshib ketsa, termostatning isishi o’z-o’zidan to’xtaydi yoki kamayadi.                                                                                             




Download 141.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling