Mikrobiologiya qismidan r e f e r a t
Mikroblarni zich muhitlarga quyidagicha ekiladi
Download 141.07 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5415779513432804527
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikroblarni shpatelda quyidagicha ekiladi.
Mikroblarni zich muhitlarga quyidagicha ekiladi. Flakonlardagi agarni
suv hammomida suyultiriladi, 50° haroratgacha savitiladi va sterillangan Petri likobchalariga balandligi 3-5 mm qalinlikda tekis qilib quyiladi. Agar qotadi, so’ngra termostatda 15-20 minut quriydi. Mikroblarni agarga yo qovuzloqda yoki shpatelda ekiladi. Manbani qovuzloqda olinadi va qovuzloqni agar sirtiga parallel qilib chiziq tortiladi. Mikroblarni shpatelda quyidagicha ekiladi. Mikroblar suspenziyasidan yoki tekshirilayotgan manbadan qovuzloqda yoki steril tomizgichda kichik bir tomchi olib, agar sirtiga surtiladi. So’ngra unga steril shpatelь kiritiladi (shpatelь- uchburchak shaklida bukilgan shisha tayoqcha) va ekilayotgan manba avvalo birinchi, so’ngra ikkinchi va uchinchi likobchadagi agarning butun sirtiga shpatelь PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
bilan surtiladi. Bunda likobcha hamisha yarim yopiq holda ushlab turiladi (6- rasm). Natijada bakteriyalar agarga bir tekis yoyilib, ko’payadi va oddiy ko’zga baralla ko’rinadigan ayrim koloniyalarni hosil qiladi.
6 - rasm. Likobchadagi agar yuziga shpatelь bilan ekish.
Mikroblarni qiyshiq agarga ekishdan oldin qovuzlaqni gorelka alangasida cho’g’lantiriladi. Agarli probirkani chap qo’lning bosh barmog’i bilan ishora barmog’i orasida qiyshaytirib ushlab, tiqini ochiladi, probirka chetlarini picha sovutilgan qovuzloq bilan kuydiriladi, ekiladigan manbani qovuzloqda olinadi va probirkadagi agar sirtiga ilon izi qilib surtiladi. So’ngra qovuzloqni tortib olinadi, probirka chetlarini kuydiriladi va tiqinni tiqib qo’yiladi. Qovuzloqni lampa alangasida cho’g’lantiriladi. Mikroblarni ekkan vaqtda so’zlashish yaramaydi, yirik laboratoriyalarda mikroblarni maxsus kichkina xonalarda-mikrob ekiladigan byukslarda ekiladi. Ekilgan mikroblarni termostatga qo’yib undiriladi.
sharoitini vujudga keltirish keoak. Patogen mikroblarning aksarisi tana haroratida (37°) yaxshi ko’payadi. SHuning uchun har bir bakteriologik laboratoriyada doimo termostat yoki termostatli xonalar bo’ladi, termostatlarda mikroblar muayyan doimiy haroratda undiriladi. Termostatlardagi harorat maxsus avtomatik asboblar- termoregulyatorlar yordamida o’z-o’zidan (avtomatik ravishda) boshqarilib turadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com Termostat qo’shdevorli shisha yashikdan iborat bo’lib, devorlar orasida havo yoki suv bor. Termostatning tashqi devori issiqni yomon o’tkazadigan mahsulot (yog’och, linoleum) dan qilinadi. Ustki devorning teshigiga termometr (termostatdagi haroratni ko’rsatib turadi) va termoregulyator o’rnatilgan. Termostat elektr
toki yoki
kerasin lampa
yordamida isitiladi.Termoregulyatorlarning har xil tiplari bor, biroq ularning hammasi quyidagi tamoil (prinsip) ga asoslanadi: termostatdagi harorat belgilangan darajadan oshib ketsa, termostatning isishi o’z-o’zidan to’xtaydi yoki kamayadi. Download 141.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling